14-Leo ilk bor Papa sifatida Rojdestvo arafasi marosimini o‘tkazdi

Papa 14-Leo ushbu munosabat bilan moddiyatchilikni tanqid qilib, kuzatuvchilar tomonidan Cherkovning qadimgi an’analariga qaytish sifatida baholangan xabarni berdi.

By
Papa Leo XIV Vatikandagi Avliyo Pyotr bazilikasida Rojdestvo arafasi messasini o'tkazadi. / Reuters

Rim-katolik cherkovining rahbari Papa 14-Leo chorshanba kuni o‘zining ilk Rojdestvo arafasi marosimiga boshchilik qildi.
Rim shahri hududida joylashgan Vatikan davlatidagi Avliyo Pyotr Bazilikasida bo‘lib o‘tgan marosimda kardinallar, episkoplar, ruhoniylar, Vatikanda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakillar hamda ko‘plab taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdi.

Kardinal Robert Fransis Prevost, Papa Fransisk 21-aprel kuni vafot etganidan so‘ng, 8-may kuni Katolik cherkovining 267-papasi etib saylandi va Papa 14-Leo nomini oldi.

Papa Leo marosimdagi nutqida buzilgan iqtisodiy tizim insonlarni tovar sifatida ko‘rayotganini ta’kidlab, moddiyatchilikni keskin tanqid qildi.

Marosimdan avval Papa Avliyo Pyotr Bazilikasi oldidagi maydonda to‘planganlarni qutlab, “Rojdestvo muborak bo‘lsin” degan tilaklarini bildirdi.

Papa Leo selefiga nisbatan Rojdestvo arafasi marosimini yarim tunga yaqinroq vaqtda boshlagani va marosimni uzoqroq davom ettirgani kuzatildi.
Ommaviy axborot vositalarida bu holat ma’lum ma’noda eski an’analarga qaytish sifatida talqin qilindi.

Papa 14-Leo payshanba kuni, Rojdestvo marosimidan so‘ng, Avliyo Pyotr Bazilikasidan an’anaviy “Urbi et Orbi” (“Shaharga va Dunyoга”) murojaatini amalga oshiradi.
Ushbu nutqida Papa global masalalar bo‘yicha muhim xabarlar berishi kutilmoqda.