Isroil Livan janubiga qarshi yana hujum uyushtirdi
Isroil yana qoidabuzarlikka qo‘l urib, Livan janubiga qarshi havodan hujum uyushtirdi.
Livan davlat ommaviy axborot vositalariga ko‘ra Isroilning jangovar samolyotlari shanba kuni kechasi mamlakat janubidagi Iqlim at - Tuffoh hududida joylashgan Houmine al - Favqa qishlog‘i etaklariga qarshi havodan hujum uyushtirdi.
Livan Milliy axborot agentligi (NNA) xabariga ko‘ra zarbalar mahalliy vaqt bilan taxminan 22:15 da (20:15 GMT) qishloq yaqinidagi al - Hamila hududiga ziyon yetkazgan.
Hozircha qurbon bo‘lgan yoki ziyon ko‘rgan insonlar bor yoki yo‘qligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Bu hujumlar orqali 2024 - yilning noyabr oyida erishilgan otashkesim kelishuvi takror buzildi.
Isroil, 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan so‘nggi urush davomida egallab olgan Livanning beshta tepaligi bilan o‘nlab yillar oldin nazorat ostiga olgan Livanning boshqa hududlarini haligacha ishg‘ol etishni davom etmoqda.
Isroil hujumlari Livanda 4 ming nafardan ortiq insonning halok bo‘lishiga, 17 ming nafar insonning esa tan jarohati olishiga sabab bo‘ldi.