Erdo‘g‘an musulmon mamlakatlar o‘rtasida kuchliroq transport integratsiyasiga chaqirdi

Prezident Erdo‘g‘an, Islom hamkorlik tashkilotidan bo‘lgan mamlakatlar bilan aloqalar global miqyosda savdo va ijtimoiy munosabatlarni orttirishini aytmoqda.

By
Turkiya Kaspiyorti Sharq-G'arb O'rta yo'lak loyihasini qo'llab-quvvatlaydi. / Reuters Archive

Turkiya Respublikasi Prezidenti RejepTayyib Erdo‘g‘an, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) a’zolari o‘rtasida kuchliroq transport integratsiyasi bo‘yicha murojaat qilib, samarali va ishonchli tarmoqlar islom dunyosining iqtisodiy salohiyatini yuzaga chiqarishda asosiy ahamiyatga ega ekanini bildirdi.

Payshanba kuni Istanbulda o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti transport vazirlari yig‘ilishiga jo‘natgan video murojaatida Erdo‘g‘an, musulmon mamlakatlar Osiyodan Afrikaga, Yevropadan Yaqin Sharqqa qadar yoyilgan keng geografiyaga ega ekanini, tabiiy dehlizlar, dinamik yosh nufus va tez sur’atlar bilan o‘sayotgan bozorlar mavjud ekanini aytdi.

"Biroq bu katta salohiyatni to‘liq amalga oshirish va geografik ustunliklarni strategik kuchga aylantirish uchun samarali, ishonchli va integratsiya bo‘lgan transport tarmoqlariga muhtojmiz," degan Erdo‘g‘an, avtomobil yo‘llari, temir yo‘llari, portlar va havo yo‘llari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi faqatgina savdoni emas, balki a’zo davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy va madaniy munosabatlarni ham orttirishini ta’kidladi.

Marmaray suv osti yo‘li, Yevrosiyo tunneli va katta ko‘priklar bilan birga Turkiyaning so‘nggi davrdagi yirik infratuzilma loyihalariga e’tibor qaratgan Prezident, mamlakatning global savdo yo‘nalishlarini mustahkamlaganini hamda temir yo‘li, dengizchilik va aviatsiya imkoniyatlarini kengaytirganini bildirdi.

IHT a’zolarini birlashtirish uchun "yo‘l xaritasi" tuzildi

Prezident, Turkiyaning "Trans-Xazar sharq-g‘arb o‘rta dehliz loyihasi"ga bergan ko‘magi bilan tarixiy Ipak yo‘lini zamonaviy qarash bilan qayta jonlantirayotganini aytdi.

"Biroq bu sarmoyalarni faqatgina milliy doirada baholamaymiz. Maqsadimiz, Islom hamkorlik tashkiloti a’zolari bilan integratsiyani mustahkamlash, chegara osha dehlizlarni rivojlantirish va o‘rtoq loyihalar bilan qo‘shimcha qadriyat yaratishdir," degan Prezident, konferensiya davomida olib borilgan foydali muzokaralar muhim qadamlarga yo‘l ochganini qayd etdi.

Prezident shuningdek: "A’zo davlatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlaydigan, xalqaro platformalarda hamjihatlikni orttiradigan va Turkiyaning IHT raisligi ostida transport strategiya hujjatini tayyorlaydigan yo‘l xaritasini tuzish uchun muhim qarorlar qabul qildik," - dedi.

Erdo‘g‘an so‘zini davom ettirib: "Shubhasiz, bu qarorlarning samarali tatbiq etilishi uchun texnik yig‘ilishlarni to‘xtatmaslik va kuzatuv mexanizmlarini diqqat bilan ishlatish muhimdir. Bugun o‘rtaga qo‘ygan irodamiz bunga yo‘l ochishiga ishonamiz," - deya qo‘shimcha qildi.