Isroil falastinlik 11 nafar mahbusni ozod qildi
G‘azoda hibsda ushlab o‘tirilgan falastinlik 11 kishi bir necha oy davom etgan qamoq ortidan ozod etildi.
Mahbuslarni xabardor qilish idorasi ma’lumotiga ko‘ra G‘azoda hibsda ushlab o‘tirilgan falastinlik 11 kishi bir necha oy davom etgan qamoq ortidan ozod etildi.
Bayonotga ko‘ra mahbuslar G‘azo janubidagi chegara darvozasida qo‘yib yuborilgan ammo mahbuslar ozod etilgan paytda ularning sog‘ligi, salomatligi qanday yoki qay ahvolda ekani haqida batafsil ma’lumot berilmadi. Shunchaki, ozod etilgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi uchun Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tomonidan G‘azoning markaziy qismidagi Dayr al - Balah shahrida joylashgan al - Aqso shahidlari shifoxonasiga olib borilgani qayd etildi.
Avvalroq Isroil armiyasi tomonidan ozod etilgan falastinlik mahbuslar yomon muomalaga ma’ruz qolganlar. Shu qatorda yetarli ovqat berilmay, og‘ir jarohat olganlar.
Isroil 13 - oktabr kuni Hamas bilan erishilgan otashkesim va mahbuslar almashinuvi kelishuvi doirasida jami 2 ming nafarga yaqin falastinlik mahbusni ozod qilgan edi. Urning qariyb 1 ming 700 nafari g‘azolik. O‘sha paytda qo‘yib yuborilganlarning ko‘pchiligining sog‘lig‘i yomon ahvolda ekani kuzatilgan; ko‘plari Isroil hibsxona va lagerlarida qiynoqlar, ochlik va kamsituvchi munosabatga duch kelganlarini aytishgan.
Falastin va Isroil inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotiga ko‘ra ayollar va bolalar ham jumlasiga kirgan holda, 10 mingdan ortiq falastinlik hanuzgacha Isroilda hibsda saqlanmoqda. Inson huquqlari himoyachilari mahbuslar qiynoq, ochlik va tibbiy e’tiborsizlikka duch kelayotgani, bu sharoitlar esa ko‘plab mahbuslarning hayotdan ko‘z yumishiga yo‘l ochayotganini ta’kidlamoqda.