Isroil Qunaytrani nishonga olgan hujumlarini kuchaytirmoqda

Isroil kuchlari Qunaytradagi Sayda al - Xanut qishlog‘i atrofida oldinga siljib, uni yaqin atrofdagi Maghatra fermasidan ajratib turuvchi nazorat punkti o‘rnatgani aytilmoqda.

By
-

Isroil armiyasi Suriyaning janubidagi Qunaytra viloyatiga kirib borib, ikki kun ichida ikkinchi marta qoida buzdi.

Suriya davlatiga qarashli Alikhbaria telekanali bugun Isroil kuchlari Qunaytradagi Sayda al - Xanut qishlog‘i atrofida oldinga siljib, uni yaqin atrofdagi Maghatra fermasidan ajratib turuvchi nazorat punkti o‘rnatganini xabar qildi.

Suriya SANA davlat axborot agentligi ham Isroilga oid 3 ta harbiy mashina Sayda al - Xanut g‘arbida oldinga siljib, qishloq va ferma o‘rtasida nazorat punkti o‘rnatganini xabar qildi.

Isroilning Qunaytrani nishonga olgan hujumlari oxirgi paytlarda kuchayib bormoqda. Mahalliy aholi qishloq xo‘jaligi yerlariga bostirib kirilishi, yuzlab gekrtarlik o‘rmonlarning yo‘q qilinishi, aholining hibsga olinishi va harbiy nazorat punktlari o‘rnatilishidan shikoyat qilmoqda.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra Isroil armiyasi 2024 - yilning dekabr oyidan beri Suriyaga 1000 dan ortiq havo hujumlari uyushtirib, janubiy viloyatlarda 400 dan ortiq chegaralararo bosqin uyushtirgan.

Bashar al - Assad rejimi 2024 - yil oxirida qulashi ortidan Isroil 1974 - yildagi Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi bitimni buzgan holda Suriyaning Go‘lan tepaliklarida bosib olgan joylar hududini kengaytirdi va qurolsizlantirilgan bufer zonasini qo‘lga kiritdi.