Erdo‘g‘an: G‘azodagi azob-uqubatlar javobsiz qolmaydi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erd’g’an dushanba kuni Donald Trump bilan telefon orqali suhbat o‘tkazib, G‘azo masalasi hamda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik sa’y-harakatlarini muhokama qilishini bildirdi.

By
Erdogan and Trump are set to speak by phone on Monday, Turkish President said. / AA

Prezident Erdo‘g‘an yangi yilning ilk kunida Istanbulda o‘tkazilgan Falastinni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yirik mitingni “tarixiy lahza” deb atab, bu tadbir “Falastin yolg‘iz emas” degan aniq va ravshan xabarni berganini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an juma kuni qilgan bayonotida shunday dedi:
“Netanyahu deb ataladigan bu fir’avnning qilgan ishlari yoniga qolmaydi. Chunki u 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan juda ko‘p mazlumlarning  oh-nolasini oldi. Bu go‘daklarning oh-nolasi uning yoniga qolmaydi”.

Isroilning G‘azodagi harakatlari va u yerdagi tobora og‘irlashib borayotgan gumanitar vaziyatni qoralagan Prezident, shuningdek, shunday dedi:
“Televizion ekranlarda ko‘rayotganimiz, chodirdan ko‘ra hamma narsaga o‘xshaydigan, shamol, yomg‘ir va loy ichida qolgan o‘sha go‘daklarning ahvoli — ularning oh-nolasi albatta Netanyahu yoniga qolmaydi”.

Erdo‘g‘an juma namozidan keyin bergan bayonotida, dushanba kuni AQSh Prezidenti Donald Trump bilan telefon orqali gaplashishini ma’lum qildi.
Istanbulda so‘zlagan nutqida u:
“Dushanba kuni taxminan soat 16:00 atrofida Janob Trump bilan yana bir muloqotimiz bo‘ladi. Rossiya–Ukraina masalalarini ham, xuddi shunday Falastindagi vaziyatni ham muhokama qilish imkoniga ega bo‘lamiz”, dedi.

“Falastinni unutmaymiz”

Insoniyat Ittifoqi va Milliy Iroda Platformasi tashabbusi ostida tashkil etilgan Falastinga qo‘llab-quvvatlash yurishi uchun payshanba kuni erta tongda Istanbuldagi Galata Ko’prigida taxminan 520 ming kishi to‘plandi.

400 dan ortiq nodavlat tashkilotlar ishtirokida va Turk  yoshlik Jamg‘argani  (TUGVA) yetakchiligida o‘tkazilgan namoyish “Sinmaymiz, jim turmaymiz, Falastinni unutmaymiz” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar G‘azodagi genotsidga barham berishga chaqirdi.

Isroil 2023-yil oktabr oyida boshlangan va G‘azodagi turar joylarni vayron qilgan, genotsid tusini olgan urushda asosan ayollar va bolalar bo‘lgan 71 mingdan ortiq falastinlikni o‘ldirdi.

2025-yil oktabr oyida sulh kuchga kirgan bo‘lsa-da, Isroil tomonidan sulh buzilishlari davom etdi.