Isroil falastinliklarning uylarini buzishni davom etmoqda
Isroil otashkesim kelishuviga qaramay falastinliklarning uylarini buzishni davom etmoqda.
Isroil kuchlari G‘azoning janubi - sharqidagi Zaytun mahallasida falastinliklarning uylarini buzishda davom etar ekan, ayni vaqtda, janubdagi Xon Yunis shahriga qarshi ham kuchli havo hujumlari uyushtirmoqda.
WAFA axborot agentligining xabar berishicha ishg‘olchi armiya shaharning sharqiy qismida kuchli hujum uyushtirar ekan, turli rusumdagi insonsiz havo transportlari shaharning g‘arbiy qismi ustida parvoz qildi.
Isroilning harbiy samolyotlari shuningdek Xon Yunisning shimoliy va sharqiy hududlariga qarshi ham kuchli havo hujumlarini uyushtirar ekan, Isroil armiyasining artilleriyasi esa shaharning shimoli - sharqidagi Zanna hududiga bir nechta artilleriya o‘qlari otdi.
Yiqimlar asosan «sariq chiziq»dan tashqaridagi Isroil kuchlari tomonidan bosib olingan tuproqlarda amalga oshirilmoqda.
«Sariq chiziq» 10 - oktabrda kuchga kirgan otashkesim kelishuvi doirasida Isroil kuchlari chekingan hudud nomidir. Bu chiziq, G‘azo orqali Falastinni ikkiga ajratadigan jismoniy bo‘lmagan chegaradir.
Bugungi kunga qadar hududda halok bo‘lganlar soni 241 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 619 nafarga yetar ekan; 528 kishining jasadi topildi. Bu orqali 2023 - yilning 7 - oktabrida boshlangan to‘qnashuvlarda qurbonlar soni 69 ming 176 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 170 ming 690 nafarga yetdi.