Nigeriyada uyushtirilgan hujumda kamida 50 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyadagi qishloqlardan birida uyushtirilgan hujumda kamida 50 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab ayollar va bolalar esa o‘g‘irlab ketildi.
Nigeriyaning shimoli - g‘arbidagi Zamfara shtatiga qarashli bir qishloqqa qarshi uyushtirilgan hujumda kamida 50 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab ayollar va bolalar esa o‘g‘irlab ketildi.
Mahalliy aholi «qaroqchilar» deb atagan terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan hujum, payshanba oqshomida boshlanib, juma tongigacha davom etdin. Mototsiklda kelgan hujumchilar Tungan Dutse qishlog‘ida qochishga uringan tinch aholiga qrshi o‘q uzib, binolarga o‘t qo‘ygan. Zamfara shtati parlamenti a’zosi Hamisu Faru voqeani shanba kuni Anado‘luaxborot agentligiga (AA) tasdiqladi.
Faru mavzu haqida: «Payshanba oqshomidan bugun tonggacha hech kim uxlamadi. Ba’zilari uch nafar oila a’zosini yo‘qotdi», - dedi.
Halok bo‘lganlarning jasadlari shanba kuni oq kafanlarga o‘ralib, ommaviy dafn uchun tayyorlandi. O‘g‘irlab ketilganlar soni esa hali hanuz noaniq ammo mahalliy rasmiylar ular sonini aniqlashga urinmoqda.
Zo‘ravonlik minglab insonni ko‘chishga majbur qildi
Nigeriyaning xavfsizlik vaziyati, ayniqsa Zamfara shtati joylashgan shimoli - g‘arbiy hududda juda og‘ir.
Hudud uzoq vaqtdan beri qurolli to‘dalarning hujumlari, odam o‘g‘irlash va qotilliklar bilan larzaga kelmoqda; minglab inson o‘z uy - joylarini tark etishga majbur bo‘lar ekan, yana ko‘plab inson xavf ostida qolmoqda.
Nigeriya hukumati muammoni hal etish uchun harbiy kuchlarni joylashtirish hamda texnik yordam va razvedka ma’lumotlari almashinuvi maqsadida AQSh kabi xalqaro hamkorlar bilan hamkorlik qilishni o‘z ichiga olgan qator choralarni ko‘rdi.
Biroq qurolli jinoyatchi to‘dalar va isyonchi jangarilardan kelib chiqayotgan xavfsizlik tahdidlari sabab vaziyat hanuz murakkabligicha qolmoqda.