Suriyadagi suv toshqinlari kamida uch kishi umriga zomin bo‘ldi

Suriyaning shimoli - g‘arbida yuz bergan suv toshqinlari kamida uch kishi umriga zomin bo‘ldi, yuzlab insonni uy - joysiz qoldirdi.

By
_

Alekhbariah TV tomonidan Suriya vazirligi bayonotiga tayanib xabar berilishicha, kuchli yog‘ingarchilik yuzasidan kutilmaganda qayd etilgan suv toshqinlari Suriyaning shimoli -g‘arbida kamida uch kishining halok bo‘lishiga va yuzlab oilaning uy - joyini tark etishiga yo‘l ochdi.

Favqulodda Vaziyatlar va ofatlarni boshqarish vazirligi dushanba kuni (09.02.2026) bildirgan bayonotida, shanba kuni ertalabdan yakshanba kuni kechigacha ko‘plab hududlarda to‘satdan suv toshqinlari yuz bergani, harbiy bo‘lmagan turar joylari hamda Idlibning g‘arbida joylashgan 22 ta lagerga ziyon yetkazilgani ma’lum qilindi.

Lazkiya qishloq hududidagi turkman tog‘lari mintaqasining al - Assaliya va Ayn Iso hududlaridagi notekis vodiyda toshqin suvlariga oqib ketgan ikki bola halok bo‘ldi.

Turkman tog‘laridagi toshqinlardan jabrlanganlarga yordamga ketayotgan Suriya Arab Qizil Yarim oy jamiyatining bir ko‘ngillisi yo‘l - transport hodisasida halok bo‘ldi; yana olti kishi, jumladan besh nafar Qizil Yarim Oy ko‘ngillisi jarohat oldi.

Vazirlik Lazkiya qishloq hududidagi Shayx Hasan qishlog‘ida 30 ta uy bilan Idlib viloyatida 47 ta uy toshqin suvlari ostida qolganini ham o‘z so‘ziga ilova qildi.

Maktablarda vaqtinchalik boshpanalar tashkil etildi.

650 dan ortiq oilaning uylari butunlay vayron bo‘lgan, 1300 dan ortiq oilaning uylari esa qisman ziyon ko‘rgan.

Vazirlik Idlib viloyatidagi 22 ta qochqinlar lageri ziyon ko‘rganini bildirdi.

Idlibning g‘arbida joylashgan Harbat al - Javz hududidagi Ayn al - Bayda kasalxonasi suv ostida qolishi ortidan bemorlar, tibbiyot xodimlari va inkubatorlar evakuatsiya qilindi.

Vazirlik, rasmiylar Idlibning g‘arbida ko‘chirilgan oilalarni joylashtirish uchun maktablarda yettita vaqtinchalik boshpana tashkil etgani, al - Rahma maktabi boshpanasida 80 oilaga, al - Ansor boshpanasida esa 5 oilaga shoshilinch yordam materiallari tarqatilgani, shuningdek jabrlanganlarga tezkor tibbiy xizmatlar ko‘rsatilganini ma’lum qildi.