Rossiya bilan Xitoy Mujtabo Hamaneyni qo‘llab - quvvatlashini bildirdi
Rossiya bilan Xitoy Eronning yangi diniy lideri Mujtabo Hamaneyni qo‘llab - quvvatlashini bildirdi.
Rossiya bilan Xitoy, mintaqadagi keskinliklar avj olayotgan bir paytda Eronning yangi oliy lideri Mujtabo Hamaneyni qo‘llab - quvvatlashini bildirdi.
Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin kecha (10.03.2026) Hamaneyning tayinlanishi bilan bog‘liq tabrik telegrammasi yuborib, Moskvaning Tehronga bo‘lgan sadoqatini tasdiqladi.
Kreml mavzu haqida bergan bayonotida: “Eron qurolli hujumga duch kelgan bir paytda bu yuksak lavozimdagi mehnatingiz shubhasiz katta jasorat va fidoyilikni talab qiladi. Otangizning ishini faxr bilan davom ettirib, Eron xalqini qattiq sinovlar oldida birlashtirishingizga ishonchim komil”, - dedi.
Putin, Mujtaboning, otasi va Eronning marhum oliy rahbari Ali Hamaney tomonidan belgilangan yo‘ldan davom etishiga ishonch bildirdi.
Bayonotda: “Shaxsiy nuqtai nazarimdan, men Tehronni to‘liq qo‘llab ‑ quvvatlashimizni va eronlik do‘stlarimiz bilan birdamligimizni tasdiqlamoqchiman. Rossiya Islomiy Respublikaning ishonchli hamkori bo‘lgan va bundan keyin ham shunday davom etaveradi. Sizga oldingizdagi qiyin vazifalarni hal etishda muvaffaqiyat, shuningdek, sog‘liq - salomatlik va ruhiy kuch tilayman”, - degan ifodalarga ovrin berildi.
Xitoy aralashuvga qarshi
Xitoy dushanba kuni Eron rahbarligidagi o‘zgarishni tan oldi va tayinlovning konstitutsiyaviy tartibga muvofiq ekanini qayd etdi.
Pekin, shuningdek, bu lavozimga kelgan 56 yoshli diniy liderga qarshi har qanday hujumlarga qarshi ekanini bildirdi.
Tashqi Ishlar vazirligi vakili Guo Jiakun, Xitoy, Eron ichki ishlariga tashqaridan bo‘lgan aralashuvlarni rad etishini bildirdi.
U bu bayonot orqali AQSh Prezidenti Donald Trampning, yangi Eron yetakchiligi shaxsining tasdiqisiz uzoq turmasligi haqidagi so‘zlariga javob berganday bo‘ldi.
Guo, Eron mustaqilligini hurmat qilishni talab qildi va ziddiyatni zudlik bilan to‘xtatish hamda yangidan diplomatik muzokaralarni boshlashga chaqirdi.
AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan urushi
Eronning kuchli xavfsizlik tuzilmalari bilan yaqin aloqalari bor 56 yoshli diniy lider, mamlakatning uchinchi oliy rahbari bo‘ldi.
U mamlakatning eng oliy siyosiy vakolatini tayinlashdan mas’ul 88 nafar a'zodan iborat Ekspertlar majlisi tomonidan saylandi.
Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan, mazkur tayinlovni, beqaror davrda milliy birlikni mustahkamlashga qaratilgan shaxdam qadam sifatida baholadi.
Rahbarlik almashuvi Ali Hamaneyning o‘limidan keyin yuz berdi; u Mujtaboning otasi bo‘lib, Eronni 37 yil boshqardi va joriy yilning 28 - fevraldagi havo zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.
AQSh bilan Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum Hamaneyning poytaxt Tehrondagi rezidensiyasini nishonga oldi va oqibatida 86 yoshidagi Ali Hamaney halok bo‘ldi.
Shundan so‘ng mintaqa bo‘ylab Eron, Isroil va AQSh o‘rtasida keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvlar ro‘y berdi.
Isroil bilan AQSh hujumlari 1 ming 300 nafardan ortiq eronlik umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida tinch aholi va maktab o‘quvchilari ham bor edi.
Eron esa AQSh bilan Isroilga javob tariqasida mintaqadagi AQSh bazalari, diplomatik muassasalar va harbiy xodimlar hamda Isroilni nishonga olgan havo bombardimonlari uyushtirdi.
Nomi tilga olingan hujumlarda kamida yetti nafar AQSh harbiy xizmatchisi halok bo'ldi.