So‘mali va Saudiya Arabistoni mudofaa va harbiy hamkorlik bitimini imzoladi

So‘mali Mudofaa vaziri Ahmad Moallim Fiqi bilan uning saudiyalik hamkasbi shahzoda Xalid bin Salmon tomonidan mudofaa va harbiy hamkorlik bitimi imzolandi.

By
_

So‘mali Mudofaa vazirligi dushanba kuni (09.02.2026) bergan bayonotida So‘mali va Saudiya Arabistoni Qizil dengiz mintaqasida xavfsizlik hamkorligini kengaytirish va barqarorlikni mustahkamlashni ko‘zlagan holda mudofaa va harbiy hamkorlik bitimini imzoladi.

Mazkur o‘zaro anglashuv memorandumi ar - Riyod shahrida So‘mali mudofaa vaziri Ahmad Moallim Fiqi va uning saudiyalik hamkasbi shahzoda Xalid bin Salmon tomonidan imzolandi.

Vazirlik, bitim, o‘zaro harbiy va mudofaa manfaatlariga oid ko‘plab sohalarni o‘z ichiga olishini ma’lum qildi ammo mavzuga doir batafsil ma’lumot bermadi.

So‘mali ommaviy axborot vositalari ushbu kelishuvni ayniqsa Qizil dengiz va Afrika Shoxi atrofida dengiz xavfsizligi hamda geosiyosiy raqobatga oid xavotirlar davom etayotgan bir paytda, mintaqaviy xavfsizlikka qaratilgan kengroq strategik hamkorlikning bir qismi sifatida baholadi.

Kelishuv So‘mali o‘z havo hududini himoya qilish va hududiy yaxlitligini ta’minlash uchun ittifoqchi davlatlardan ilg‘or texnik yordam, tayyorgarlik va harbiy texnika olishga intilayotgan hamda Mogadishu bilan ar - Riyod o‘rtasidagi aloqalar tobora chuqurlashib borayotgan bir davrda imzolandi.

Mintaqaviy dinamikalarning o‘zgarishi, jumladan Mogadishu tomonidan mamlakatning ajralmas qismi sifatida qabul qilingan So‘maliland hududiga nisbatan kuchaygan e’tibor ham So‘mali hukumatini xavfsizlik masalalarida yanada tez va jiddiy choralar ko‘rishga majbur qilmoqda.