G‘azoda yana falastinlik jurnalistlardan biri o‘ldirildi
Isroil, 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoda 250 nafardan ortiq jurnalist umriga zomin bo‘ldi.
Falastinlik taniqli jurnalist Saloh Aljafaraviy shanba kuni (11.10.2025) G‘azo shahrida o‘ldirildi. Bu voqea G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi e’lon qilinganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.
Turli OAV xabarlariga ko‘ra Aljafaraviy, Hamas xavfsizlik kuchlari qurolli bir guruhni qurshab olgan bir paytda halok bo‘lgan. U qurollangan guruh tomonidan ushlangan va vujudiga yetti marta otib o‘ldirilgan.
The New Arab gazetasining xabar berishicha Aljafaraviy Isroil tomonidan qo‘llab - quvvatlangan qurolli hamkorlar tomonidan nishonga olingan. Hodisa, Isroil qo‘shinlari chiqib ketishi ortidan Sabra mahallasidagi keng ko‘lamli vayronagarchilik hujjatlashtirilayotgan bir paytda qayd etilgan.
Quds News Network ham Isroil tomonidan qo‘llab - quvvatlangan jinoiy guruhlar G‘azo shahrining Sabra mahallasida falastinlik jurnalist Saloh Aljafaraviy qatl qilingani haqida ma’lumot bo‘lishdi.
G‘azo hukumati matbuot xizmati nomi tilga olingan suiqasdni keskin qoralab, uning Isroilning falastinlik jurnalistlarni havo hujumlari va militsiya vakillari orqali nishonga olish siyosatining bevosita natijasi ekanini qayd etdi.
Aljafaraviyning o‘limi AQSh o‘rtamchiligida erishilgan sulhning birinchi bosqichida sodir bo‘lgan. O‘t ochishni to‘xtatish bitimi esa Isroil qo‘shinlarini olib chiqish, mahbuslarni ozod etish va G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berish uchun o‘tish joylarini ochish masalasini o‘z ichiga oladi.
Avvalroq, 10 - oktabr kuni Abu - Dabi telekanali uchun xizmat qilgan fotojurnalist Arafat al – Hur, G‘azo shahrining xuddi shu mahallasida sodir etilgan hujum oqibatlarini hujjatlashtirishga urinayotgan bir paytda Isroil hujumi oqibatida tan jarohati olgandi.
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri 250 nafardan ortiq jurnalistni o‘ldirdi. Bu xalqaro huquq bilan himoyalangan professionallar orasida halok bo‘lganlar sonining hayratlanarli darajada ko‘p ekanidan xabar bermoqda.