Isroil: Eron hujumidan beri 4 500 nafardan ortiq inson jarohatlandi
Isroil, Eronga qarshi boshlangan urush ortidan Eronning javob tariqasidagi hujumlari natijasida hozirga qadar 4 ming 564 nafar inson jarohatlanganini ma’lum qildi.
Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi yakshanba kuni bergan bayonotida, 28 - fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi boshlangan urush ortidan Eronning javob tariqasidagi hujumlari natijasida hozirga qadar 4 564 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra jarohatlanganlardan 124 nafari shifoxonalarda davolanmoqda, ulardan 1 nafarning ahvoli og‘ir, 13 nafari esa og‘ir ahvolda ekani bildirildi.
So‘nggi 24 soat ichida esa 303 kishi jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ulardan 8 nafarning ahvoli og‘ir ekani qayd etildi.
Shanba kuni Eron tomonidan uchirilgan ko‘plab raketalar Isroilning janubidagi Arad va Dimona shaharlarini nishonga oldi va jarohatlarga sabab bo‘ldi.
28 - fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi boshlangan qo‘shma hujumlardan so‘ng mintaqadagi keskinlik ortib bormoqda.
To‘qnashuvlarda hozirga qadar 1 ming 300 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilindi. Ular orasidan o‘sha davrdagi Eronning diniy lideri Ali Hamaney ham bor.
Eron esa Isroil bilan bir qatorda Iordaniya, Iroq va Ko‘rfaz mamlakatlaridagi “AQSh harbiy obyektlarini nishonga olganini” bildirgan insonsiz havo transportlari va raketa hujumlari bilan javob qaytardi. Ushbu hujumlar qurbonlar va infratuzilmalarga yetkazilgan ziyonlar bilan birga global bozorlar hamda aviatsiya sohasiga ham ta’sir ko‘rsatdi.