Turkiya va AQSh yadroviy energetika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish bo'yicha kelishuv imzoladi

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan strategik fuqarolik yadroviy hamkorlik bo'yicha anglashuv memorandumi imzoladi.

Türkiye, US sign deal to deepen partnership in nuclear energy, says Turkish energy minister. / AA

Turkiya va AQSh payshanba kuni yadroviy energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Oq uyga tashrifi doirasida, ikki davlat yadroviy energetika sohasidagi chuqur ildiz otgan va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish jarayonini boshladi, deb ma’lum qildi Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar Turkiyaning NSosyal ijtimoiy tarmog‘ida.

“Biz AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan Strategik Fuqarolik Yadro Hamkorligi bo‘yicha anglashuv memorandumini liderlar ishtirokida imzoladik,” dedi vazir.

“Kelishuv doirasida olib boriladigan ishlar yaqin kelajakda ikki davlat uchun o‘zaro manfaat keltirishiga umid qilaman”,- deb qo’shimcha qildi Alparslan Bayraktar.