BMT: Isroil cheklovlari ayollar va qiz bolalar hayotini battar yomonlashtirmoqda
BMT, Isroil tomonidan insonparvarlik yordam amaliyotiga qo‘yilgan cheklovlar ayollar va qiz bolalar hayotini battar yomonlashtirayotganidan xavotirda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ekspertlari Isroil tomonidan G‘azo va ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi insonparvarlik yordam amaliyotiga qo‘yilgan cheklovlar ayollar va qiz bolalar hayotini battar yomonlashtirayotganidan xavotirda.
Ekspertlar payshanba kuni (19.03.2026) mavzu haqida bergan bayonotida: “Oziq - ovqat, sog‘liqni saqlash, boshpana, suv va gigiyenaga erishish imkoni izdan chiqishda davom etar ekan; ayollar va qiz bolalar bundan nomutanosib darajada ko‘p ziyon ko‘rmoqda” - dedi.
Ular Isroilning insonparvarlik tashkilotlariga qo‘ygan cheklovlari davom etar ekan; bu holat, eng himoyasiz va eng ko‘p ziyon ko‘rgan insonlar hayotini battar yomonlashtirayotganini qayd etdi.
G‘azodagi sog‘liqni saqlash tizimining qulashi, ayniqsa ona va reproduktiv salomatlik xizmatlaridagi uzilishlar sababli, ayollar hayotini jiddiy xavf ostiga qo‘yayotgani ta’kidlandi.
Ekspertlar, bunday sharoitda ona va reproduktiv salomatlik xizmatlariga erishishning murakkabligi hayotlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri xavf ostiga qo‘yishini bildirdi. Bunga qo‘shimcha ravishda homilador ayollar va himoyaga muhtoj guruhlar uchun bu xavf yana-da yuqori ekaniga e’tibor qaratildi.
Zo‘ravonlik va ziyon ortib bormoqda
BMT ekspertlari, shuningdek, ochlik va kasallik xavfiga ko‘proq duch kelayotgan hamda ta’limi to‘xtab qolgan qiz bolalar uchun sharoitlar yanada yomonlashayotganini ifoda etdi.
Ekspertlar insonparvarlik yordamiga monelik qilinishi qiz bolalarning ochlik, kasallik va ta’limiga katta ziyon yetkazishini aytib o‘tdi.
Shuningdek, ular, asosiy xizmatlar va himoyaning yetishmasligi ayollar bilan qiz bolalarni uzoq muddatga qadar xavf ostiga qo‘yishi; natijada yuzaga kelgan vaziyat yoki muammoni hal qilish uchun yanada ko‘proq yordam strategiyalariga murojaat qilishga majbur bo‘layotgani, ko‘pincha o‘z salomatligi va farovonligi hisobiga harakat qilayotganliklarini ta’kidladi.
BMT ekspertlari: “Isroil yordamga erishishni cheklash orqali ayollar va qiz bolalarni xalqaro huquq asosida ularga tegishli bo‘lgan himoya va yordamdan mahrum qilmoqda”, - dedi.