Suriya shimoli - sharq nazorati uchun YPG bilan shartnoma imzoladi

Suriyaning YPG bilan tuzgan shartnomasi ortga chekinish jarayonlari, institutsional integratsiya va amnistiya kafolatlarini o‘z ichiga oladi.

By
_

Suriya Prezidenti Ahmad al - Shara yakshanba kuni Damashqning mamlakat shimoli -sharqidagi hokimiyatini qayta tiklash yo‘lida muhim qadam sifatida SDG/YPG bilan keng ko‘lamli otashkesim kelishuvi tuzilganini ma’lum qildi.

Suriya Arab axborot agentligi (SANA) e’lon qilgan shartlarga ko‘ra kelishuv Suriya hukumat kuchlari bilan YPG o‘rtasidagi barcha front chiziqlari va aloqa nuqtalarida darhol kuchga kiradigan mamlakat miqyosidagi otashkesimni nazarda tutadi.

Kelishuvga binoan YPG bilan aloqali barcha terroristlar, qayta joylashtirishdan oldingi tayyorgarlik chorasi sifatida Firot daryosining sharqidagi hududlarga chekinishi kerak. Bu esa Suriya hukumatining mubohasali hududlar ustidan nazoratni qayta tiklashiga yo‘l ochadi.

Kelishuv chekinish jarayonlari, institutsional integratsiya va amnistiya kafolatlarini oz ichiga oladi

Kelishuvga muvofiq Dayr az - Zor va Raqqa viloyatlari ma’muriy va harbiy jihatdan darhol ham da to‘liq ravishda Suriya davlatiga topshiriladi. Ushbu ikki viloyatdagi barcha harbiy bo‘lmagan muassasalar bilan davlat obyektlari hukumat vakillariga beriladi.

Kelishuv Dayr az - Zor va Raqqada faoliyat yuritayotgan tegishli xodimlarning Suriya davlat vazirliklari tarkibida saqlab qolinishini kafolatlaydi hamda bu hududlarda faol bo‘lgan YPG a’zolari yoki harbiy bo‘lmagan boshqaruv vakillariga nisbatan hech qanday jinoiy choralar ko‘rilmasligini belgilaydi.

Hasaka viloyatida esa barcha harbiy bo‘lmagan muassasalar Suriya davlatining ma’muriy tizimiga integratsiya qilinadi va shu tariqa markaziy hukumatning vakolati butun shimoli -sharq bo‘ylab kengaytiriladi.

SANA ma’lumotiga ko‘ra kelishuv shuningdek mintaqadagi barcha chegara o‘tish punktlari bilan neft va gaz konlari ustidan nazoratni Damashqqa topshirishni nazarda tutadi. Davlat daromadlarining qayta ta’minlanishi uchun ushbu hududlar xavfsizligini Suriya kuchlari ta’minlaydi.