Suriyaning Homs shahridagi masjidda sodir bo‘lgan portlashda besh kishi halok bo‘ldi
Suriya davlat axborot agentligi SANA xabariga ko‘ra, bir masjidda yuz bergan portlash oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, yigirma bir kishi jarohat olgan. Portlash sababi hanuz o‘rganilmoqda.
Davlat OAVlariga ko‘ra, juma kuni Suriyaning markazida joylashgan Homs shahridagi bir masjidda portlovchi moddalar qo‘llanilgan hujum sodir bo‘lib, besh kishi halok bo‘lgan, yigirma bir kishi jarohatlangan.
Suriya Arab Axborot Agentligi (SANA) portlash Vadi al-Dahab mahallasidagi Imom Ali ibn Abi Tolib masjidida sodir bo‘lgani haqidagi dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi.
Agentlik hujumning “xususiyati” tekshirilayotganini bildirdi.
Hozircha hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmadi.
Xavfsizlik kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, chorshanba kuni Suriyaning shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida ham qurol omborida portlash sodir bo‘lgan. Ushbu hodisada besh kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi jarohatlangan.
Idlib xavfsizlik kuchlari chorshanba kuni Kafr Toxarim shaharchasida yuz bergan portlash “raketa va o‘q-dorilar saqlangan ombordagi hodisa bo‘lib, yaqin atrofdagi qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar sabab yuzaga kelganini” ma’lum qildi va besh nafar