Ahmad al - Sharaa rasmiy tashrif bilan hozirda AQShda

Suriya Prezidenti Ahmad al - Sharaaning 10 - noyabr kuni AQSh Prezidenti Donald Trump bilan uchrashishi kutilmoqda.

By
_

SANA axborot agentligi xabariga koʻra Suriya Prezidenti Ahmad al - Sharaa rasmiy tashrif bilan hozirda AQShda.

Yuqorida nomi tilga olingan agentlik Ahmad al - Sharaaning joriy yilning 6 - noyabri kuni Braziliyada uyushtirilgan COP30 iqlim sammitida ishtirok etishi ortidan shanba kuni AQShga yoʻl olganini ma’lum qildi.

Suriya prezidentining 10 - noyabr kuni Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Trump bilan uchrashishi kutilmoqda.

Bu tashrif, Vashingtonning Ahmad al - Sharaani terrorizm qora roʻyxatidan chiqarib tashlashi ortidan qayd etilmoqda.

AQSh Davlat departamenti Matbuot xizmati kotibi Tommy Pigott, bedarak yoʻqolgan amerikaliklarning topilishi va qolgan kimyoviy qurollarning yoʻq qilinishi ham doxil al - Sharaa hukumati AQSh talablariga javob berganini ifoda etgan holda: «Bu voqealar Bashar al - Assadning ketishi va Asad rejimi ostida 50 yildan ortiq davom etgan bosqin ortidan Suriya yetakchiligi tashlagan shaxdam qadamning tan olinishi yuz bermoqda», - degan ifodalarga oʻrin berdi.