Turkiya pley - off finalida jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

Turkiya pley - off finalida Kosovani 1:0 hisobida mag‘lub etib, 2026 - Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

By
_

Turkiya pley - off o‘yinida Kosovani 1:0 hisobida mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Turk jamoasiga g‘alabani olib kelgan go‘lni Kerem Akturko‘g‘lu musobaqaning 53 - daqiqasida kiritdi.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘an mavzu haqidagi bayonotida «Bizning bolalar» nomi bilan tanilgan milliy terma jamoani final bosqichiga chiqqani bilan tabrikladi.

Erdo‘g‘an milliy jamoaning 24 yildan so‘ng futbolning eng katta sahnasida Turkiyani munosib tarzda himoya qilishini kutayotganini bildirib: «Bizning bolalar har doimgidek oy - yulduzli formani g‘alabadan g‘alabaga kiyib yurishiga, xalqimizni faxrlantirishiga ishonchimiz komil. Barcha sportchilarimizni peshonasidan o‘pib qolaman» - dedi.

Shuningdek u jamoaga Avstralya, Paragvay va AQShga qarshi o‘ynaladigan guruh bosqichi uchrashuvlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiya final bosqichiga ilk bor 1954 - yili qatnashgan, biroq guruh bosqichida sezilarli natija qayd etolmagan.

Turkiyaning ikkinchi ishtiroki esa 2002 FIFA Jahon kubogida bo‘lib, milliy jamoa bu musobaqada uchinchi o‘rinni egallab, tarixiy muvaffaqiyatga erishgan.