Rossiya Odessadagi elektrostansiyaga qarshi hujum uyushtirdi
Moskva, Ukrainaning elektr tarmog‘i va boshqa energetika infratuzilmalariga qarshi uyushtirgan hujumlarni kuchaytirdi; bu esa qattiq sovuq sharoitida millionlab insonni elektr va isitishsiz qoldirmoqda.
Energetika kompaniyasi DTEK, Rossiya tomonidan Ukraina janubidagi Qora dengiz mintaqasida joylashgan Odessa shahrida joylashgan energetika inshootiga qarshi uyushtirgan hujum orqali mamlakatga moddiy ziyon yetkazganini ma’lum qildi.
DTEK seshanba kuni (10.02.2026) mavzu haqida bergan bayonotida: “Katta ziyon yetkazildi. Uskunalarni qayta ishga tushirish uchun ta’mirlash ishlari uzoq vaqt talab qiladi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Viloyat gubernatori Oleh Kiper esa avvalroq mintaqadagi ayrim aholi punktlari qisman elektrsiz qolganini bildirdi. U Telegram orqali mavzu haqida: “Dushman tunda Odessa viloyatining energetika infratuzilmasiga qarshi yana pastkashcha hujum uyushtirdi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Kiper, muhim infratuzilma obyektlari generatorlar yordamida ishlashda davom etayotgani va elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Moskva, o‘tgan 2025 - yilning oktabr oyidan buyon Ukrainaning elektr tarmog‘i va boshqa energetika infratuzilmalariga qarshi uyushtirgan hujumlarni kuchaytirdi; bu esa qattiq sovuq sharoitida millionlab insonni elektr va isitishsiz qoldirdi. Odessa shahri va uning atrofidagi hudud bu hujumlarning tez - tez nishoniga aylanmoqda.