Yevropa ittifoqi - Isroil hamkorlik shartnomasi to‘xtatilishi talablari kuchaymoqda
Yevropa ittifoqi: «Fon der Leyen tomonidan taklif qilingan, xususan Yevropa ittifoqi – Isroil Hamkorlik kelishuvini to‘xtatib turish kabi uzoq vaqtdan beri amalga oshirilishi kerak bo‘lgan choralarni qabul qilishi»ga chaqirildi.
Yevropa ittifoqi: «Yevropa Komissiyasi raisi fon der Leyen tomonidan taklif qilingan, xususan Yevropa ittifoqi – Isroil Hamkorlik kelishuvini to‘xtatib turish kabi choralarni qabul qilishi»ga chaqirildi.
Dunyoning 60 dan ortiq insonparvarlik tashkiloti va kasaba uyushmalari Yevropa ittifoqini Isroil bilan tuzilgan hamkorlik kelishuvini to‘xtatib turishga, noqonuniy aholi punktlari bilan savdoni taqiqlashga hamda barcha qurol - yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi.
Payshanba kuni (16.04.2026) e’lon qilingan qo‘shma maktubda Yevropa ittifoqi: «Yevropa Komissiyasi raisi fon der Leyen tomonidan 2025 - yilning sentabr oyida taklif qilingan, xususan Yevropa ittifoqi – Isroil Hamkorlik kelishuvini to‘xtatib turish kabi uzoq vaqtdan beri amalga oshirilishi kerak bo‘lgan choralarni qabul qilishi»ga chaqirildi.
Maktubda, shuningdek, Isroilning noqonuniy aholi punktlari bilan savdoni taqiqlash va Isroilga barcha qurol yetkazib berish hamda tranzitini to‘xtatishni o‘z ichiga olgan holda, xalqaro huquqqa rioya etilishi uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Qo‘shma maktubda Yevropa ittofoqi Isroilni Yevropa ittifoqi – Isroil Hamkorlik kelishuvining 2 - moddasini buzishda ayblayotgani qayd etilib, Isroil inson huquqlari va demokratik tamoyillarni buzayotgani, Falastin va Livanda davom etayotgan harakatlari esa bu buzilishlarni yanada chuqurlashtirib, keng ko‘lamli azob - uqubatlarga yo‘l ochayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, maktubda Isroilning falastinliklarga nisbatan qo‘llayotgan o‘lim jazosi qonuniga e’tibor qaratilib, bu «falastinliklarning yashash va adolatli sud qilinish huquqlarining jiddiy buzilishi» ekani hamda «Isroil rasmiylari tomonidan falastinliklarga nisbatan qo‘llanilayotgan kamsituvchi qonun va siyosatlarning yana bir bosqichi» ekani qayd etildi.
Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi yomonlashayotgan vaziyat
Maktubda, shuningdek, bosib olingan hududlardagi yomonlashayotgan vaziyat; xususan G‘arbiy Sohilda ishg‘ol kuchlari tomonidan aholi punktlari qurilishining ortib borayotgani, majburiy ko‘chirishlar va zo‘ravonliklar, shuningdek falastinliklarga nisbatan ommaviy hibsga olishlar va yomon muomala holatlariga e’tibor qaratildi.
G‘azoda davom etayotgan insonparvarlik inqirozi va uning Livanga yoyilish xavfi ortib borayotgani haqida ogohlantirilgan maktubda, mintaqaviy beqarorlik kengayishi va xalqaro huquq buzilishi borasida xavotirlar bildirildi.
Maktubda: «Bu holatlar Yevropa ittifoqining o‘nlab yillar davomida qilgan ammo hech qanday natija bermagan bayonotlari va ikki davlatli yechim chaqiriqlaridan keyin yuz bermoqda» - deyiladi.
Ispaniya, Irlandiya, Sloveniya, Belgiya va Niderlandiyaning noqonuniy Isroil aholi punktlaridan mahsulot importini taqiqlash majburiyatlari mamnuniyat bilan qarshi olinib, Yevropa ittifoqi ham Isroilning aholi punktlari siyosatini noqonuniy deb baholagan va ikki davlatli yechimga to‘sqinlik qiladi deb kelgan o‘z pozitsiyasiga mos ravishda shunday choralar ko‘rishga chaqirildi.
Isroilning kuchayib borayotgan qoidabuzarliklari
Maktubda Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar, Yevropa Parlamenti deputatlari, fuqarolik jamiyati va Yevropa jamoatchiligi tomonidan takroriy chaqiriqlarga qaramay Yevropa ittifoqi kengashida Yevropa ittifoqi – Isroil Hamkorlik kelishuvining savdo qoidalarini to‘xtatib turish uchun hali ham «malakali ko‘pchilik» shakllanmagani ta’kidlandi.
«Bu harakatsizlik Hamkorlik kelishuvining inson huquqlari haqidagi bandini amalda ma’nosiz qilib qo‘yish xavfini tug‘diradi, Yevropa ittifoqining ishonchliligini yanada pasaytiradi va Isroilning ortib borayotgan buzilishlarini rag‘batlantiradigan jazosizlik hissini kuchaytiradi» - deyiladi maktubda.
Shuningdek, maktubda Yevropa ittifoqi va unga a’zo davlatlar Isroilga qurol, o‘q - dorilar, uskunalar, texnologiyalar, ehtiyot qismlar va ikki maqsadli mahsulotlarning barcha yetkazib berilishi hamda tranzitini darhol to‘xtatishi zarurligi alohida ta’kidlanib; bunday tranzitlarni oldini olish uchun institutsional darajada muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rishga chaqirildi.
«Bu majburiyat ixtiyoriy emas, balki ham Yevropa ittifoqi, ham xalqaro huquqdan kelib chiqadi» - deyiladi maktubda. Unda shuningdek: «Bu yerda hujjatlashtirilgan amaliyotlar o‘nlab yillar davom etgan jazosizlikning oldindan aytish mumkin bo‘lgan natijasidir: xalqaro hamjamiyatning Isroil rasmiylarini javobgarlikka tortishda muvaffaqiyatsizligi va siyosiy manfaatlarning huquqiy majburiyatlardan ustun qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilgani» - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Imzo qo‘ygan tashkilotlar talab qilayotgan choralar shunchaki siyosiy tanlov emas, balki huquqiy majburiyatlar ekani yana bir bor ta’kidlanib, maktubda shunday xulosa qilinadi: «Yetishmayotgan narsa — harakat qilish uchun siyosiy iroda. Falastin va Livan xalqlari tashvish va hamdardlik emas, balki amaliy harakat va javobgarlikni loyiqdir. Harakat qilish vaqti allaqachon kelgan».