Prezident Erdo‘g‘an yurtdoshlarini Ramazon hayiti bayrami bilan tabrikladi
Prezident Erdo‘g‘an yurtdoshlarini Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklar ekan, Yaqin Sharqdagi oxirgi vaziyatlarni ham unutmadi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an juma kuni (20.03.2026) yurtdoshlarini Ramazon hayiti bilan tabriklar ekan, birlik va birdamlikni ta’kidladi. U, shuningdek, Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar yuzasidan xavotirda ekanini bildirdi.
Mamlakatning Rize viloyati Guneysu tumanidagi Markaziy jome’ masjidida o‘qilgan hayit namozi ortidan nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an, Ramazon oyining yakunlanishi va hayitning kelishi islom olami uchun yangilanishga sabab bo‘lishi kerakligini ifoda etdi.
U shuningdek: «On bir oyning sultoni bo‘lgan muborak Ramazon oyini ortda qoldirdik va bugun Ramazon hayitiga yetib keldik», - dedi.
Erdo‘g‘an: «Alloh Ramazon hayitini butun islom olami uchun najot va tiklanish vositasi qilsin» - degan so‘zlar bilan duo qildi.
U hayit Turkiyada birlik va birodarlikni mustahkamlashini tilab, Yaqin Sharqdagi vaziyatga ham to‘xtaldi va mintaqagi vaziyat yaxshi emasligini ta’kidladi.
Isroilni nazarda tutgan Erdo‘g‘an: «Bu sionist Isroil yuzlab, minglab insonni qatl qildi. Buning javobini berishiga shubham yo‘q», - dedi.
Erdo‘g‘an o‘z nutqini: «Alloh bizga yor va yordamchi bo‘lsin», - degan yaxshi tilak, niyat va so‘zlar bilan yakunladi.
Shuningdek, «Alloh Ramazon hayitini mamlakatimiz va xalqimiz uchun xayrli qilsin» - degan ifodalarga o‘rin berdi.