Prezident Erdo‘g‘an NBA yulduzi Shaquille O’Neal bilan basketbol o‘ynadi
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Istanbulda NBA yulduzi Shaquille O’Neal bilan basketbol o‘ynadi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an seshanba kuni (20.01.2026) Istanbuldagi Basketbol rivojlanish markazida sobiq NBA yulduzi Shaquille O’Neal bilan basketbol o‘ynadi. Bu holat Erdo‘g‘an tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan postda qayd etildi.
Erdo‘g‘an Turkiyaning NSosyal ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida basketbol to‘pi va Turkiya bayrog‘i emojilari bilan birga suratlar joylashtirdi.
Suratlarda Erdo‘g‘an bilan O’Nealning birga basketbol o‘ynayotgani, o‘yin ortidan qo‘l berib ko‘rishgani ham da bir - birlariga imzoli to‘plarni sovg‘a qilgani aks etgan.
Shuningdek, Erdo‘g‘an bilan O’Neal, rivojlanish markazidagi talabalar bilan ham suratga tushishdi.
Tadbir davomida Prezidentga Turkiyaning yuqori lavozimli rasmiylari hamrohlik qildi.