Halok bo‘lgan isroillik mahbuslarning jasadlarini qidirish ishlari davom etmoqda
Halok bo‘lgan isroillik mahbuslarning jasadlarini qidirish ishlari G‘azoda «sariq chiziq» deb nomlangan chegara ichida davom etmoqda.
Isroilning KAN telekanali xabariga ko‘ra Isroil kuchlari G‘azodagi «sariq chiziq»dan tashqarida halok bo‘lgan mahbuslarning jasadlarini qidirmoqda.
KAN telekanali xavfsizlik manbalaridan biriga tayanib, shanba kuni kechqurundan e’tiboran mahbuslarning jasadlarini topish faoliyatlari bu oyning boshida kelishib olingan otashkesim doirasida Isroil kuchlari chiqarilgan va G‘azoda «sariq chiziq» deb nomlangan chegara ichida, Isroil nazoratidagi mintaqalarda amalga oshirilganini bildirdi.
«Sariq chiziq» shimoliy G‘azoning janubidan boshlab, G‘azo janubidagi Rafoh etaklariga qadar davom etadi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv ishlari nomi tilga olingan hududda jasadlarni topish ehtimoli borligi haqida gapirgan razvedka taxminlari asosida olib borilmoqda,
Manba: «Yakshanba kunidan boshlab, qidiruv ishlarini tezlashtirish uchun og‘ir texnikalarning G‘azoga kiritilishiga ruxsat beriladi», - der ekan mavzu haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Hamas lideri Xalil al - Hayya intervyularidan birida, guruh yakshanba kuni G‘azodagi boshqa hududlarga kirib, isroillik mahbuslarning jasadlarini qidirishni davom ettirishini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Hamas joriy yilning 13 - oktabridan beri isroillik 20 nafar mahbusni ozod etar ekan, halok bo‘lgan 6 nafar mahbusning jasadini topshirdi. Bu yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan otashkesim kelishuvi doirasida 12 kishi haligacha bedarakdir.
G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil tomonidan uyushtiirlgan genotsid oqibatida 68 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lar ekan, 170 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.