Pokistondagi suv toshqinlari kamida 101 kishi umriga zomin bo‘ldi

Pokistonning Panjob provinsiyasida sodir boʻlgan suv toshqinlari kamida 101 kishi umriga zomin bo‘ldi.

Tabiiy ofatlarni boshqarish yetakchiligi (PDMA) vakili, Pokistonning Panjob provinsiyasida sodir boʻlgan suv toshqinlari oqibatida kamida 101 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Yordam ko‘rsatish bo‘yicha komissar Nabil Javedning yangi hisobotida ta’kidlashicha, Panjob tarixidagi eng dahshatli falokat 4700 dan ortiq qishloqni suv ostida qoldirgan va 4,57 million nafar inson jabrlangan.

Tabiiy ofatlarni boshqarish yetakchiligi (PDMA) Bosh direktori Irfan Ali Katiya, qutqaruv va yordam ishlari davom etayotgani ammo falokat darajasi olib borilgan faoliyatlarni murakkablashtirganini qayd etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 26 - iyunidan beri kuchli musson yomg‘irlari va toshqinlar oqibatida 932 kishi halok bo‘lgan, 1060 kishi jarohatlangan, 8238 dan ortiq uy ziyon koʻrgan yoki vayron bo‘lgan.