Turkiya aviatsiya texnologiyalari eksportida ortish kuzatildi
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra o‘tgan 2025 - yili Turkiya aviatsiya texnologiyalari eksportida ortish kuzatildi.
Turkiya Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra Turkiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti 2025 - yili 9,9 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, shundan 4 milliard dollari aviatsiya va kosmik trasnportlari sotuvidan keldi.
Turkiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti 2021 - yili 6,4 milliard dollar, 2022 - yili 7,4 milliard dollar, 2023 - yili 9,1 milliard dollar, 2024 - yili 8,8 milliard dollar va 2025 - yili 9,1 milliard dollarni tashkil etdi; bu ko‘rsatkich 2021 - yilga nisbatan o‘tgan yili 53,7 foizlik o‘sish degan ma’noni anglatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra samolyot va kosmik transportlar ishlab chiqarish ishlari o‘tgan yili yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti tarkibida eng yirik mahsulot guruhini tashkil etar ekan, 4 milliard dollardan biroz ortiq ulushga ham ega bo‘ldi.
Aviatsiya eksportidan keyingi o‘rinlarda 3,3 milliard dollar bilan kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish; 2,5 milliard dollar bilan asosiy dori vositalari va farmatsevtik mahsulotlar qayd etildi.
Shu bilan birga, Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra Turkiyaning o‘rta - yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti 2025 - yili yillik hisobda 10,6 foizga oshib, 102 milliard dollardan oshdi.
Mazkur o‘rta - yuqori texnologiyali eksport yo‘nalishlari orasida eng katta ulush 38,9 milliard dollar bilan motorli transport vositalariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, undan keyin 19,8 milliard dollar bilan elektr jihozlari ishlab chiqarish, 18,57 milliard dollar bilan boshqa joyda tasniflanmagan mashina va uskunalar, 18,54 milliard dollar bilan esa kimyoviy moddalar va kimyoviy mahsulotlar joy oldi.
Umuman olganda, Turkiyaning o‘rta - yuqori va yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti 2025 - yili 112 milliard dollarga yetdi. Ishlab chiqarish sanoati eksporti 2021 - yili 36,4 foiz, 2022 - yili 36,9 foiz, 2023 - yili 40,3 foiz va 2024 - yili 41 foizga oshib, jami eksportning 43,5 foizini tashkil etdi.