Tramp Tehron aslida kelishuv tuzish niyatida emasligini iddao qildi

Donald Tramp, amaliyotni kengaytirishi va hamma narsani o‘z qo‘liga olishi yoki bir necha kun ichida uni yakunlashi mumkinligini qayd etdi.

By
_

Shanba kuni (28.02.2026) kechasi Donald Trump Isroilning N12 kanaliga bergan intervyusida Tehron aslida kelishuv tuzish niyatida emasligini iddao qildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan oxirgi muloqoti «yaxshi» o‘tganini ifoda etgan holda, ikki yetakchi bir xil pozitsiyada ekanini ta’kidladi.

Eronga qarshi AQSh harbiy amaliyoti borasidagi variantlarni sanab o‘tgan Tramp, amaliyotni kengaytirishi va hamma narsani o‘z qo‘liga olishi yoki bir necha kun ichida uni yakunlashi mumkinligini qayd etdi. U Eron rasmiylarini ogohlantirib, agar Tehron har qanday yadroviy qurol dasturini qayta tiklashga uringudek bo‘lsa unda hujumlar yana boshlanishini ta’kidladi.

Tramp, shuningdek, so‘nggi hujumlardan keyin Eronning qayta tiklanishi bir necha yil vaqt olishini ilgari surdi.

Isroil bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari shanba kuni (28.02.2026) ertalab Eronga qarshi qo‘shma harbiy amaliyot boshlatdi va uni Eron rejimi tomonidan yuzaga keltirilgani aytilgan tahdidlar bilan izohlagan edi.

Hujumlar Ummon o‘rtamchiligida Jenevada o‘tkazilgan so‘nggi AQSh – Eron yadroviy muzokaralari payshanba kuni yakunlanishi ortidan sodir bo‘ldi. Tomonlar muzokaralar muhitini jiddiy va konstruktiv tusda baholagan edi.

O‘tgan 2025 - yilning iyun oyida esa AQSh 12 kun davom etgan Isroil – Eron to‘qnashuvi chog‘ida Erondagi uchta yadroviy obyektga zarba bergan edi.