Tramp: Eron hududida qulagan F - 15ning ikkinchi uchuvchisini qutqardik
Donald Tramp Eron hududida qulagan F - 15 samolyotining ikkinchi uchuvchisi qutqarilganini ma'lum qildi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp AQSh kuchlari Eron hududida qulagan F - 15 jangovar samolyotining ikkinchi ekipaj a’zosini ham xavfsiz tarzda qutqarib olganini bildirib, bu amaliyotni “AQSh tarixidagi eng jasoratli qidiruv - qutqaruv amaliyotlaridan biri” sifarida baholadi.
Tramp yakshanba kuni (05.04.2026) mavzu haqida Truth Social platformasi orqali bergan bayonotida; qutqarilgan harbiy Eronning murakkab tog‘li hududida, dushman chegarasida qolgani va yaralangani ammo uning ahvoli yaxshi bo‘lishini ifoda etdi.
Trampning ta’kidlashicha bu amaliyot bir kun avval amalga oshirilgan va ikkinchi qutqaruv amaliyotini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun tasdiqlanmagan birinchi uchuvchini qutqarish amaliyotidan keyin o‘tkazilgan.
Qutqarilgan harbiy — Eron tomonidan juma kuni (03.04.2026) havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgani ma’lum qilingan F - 15 samolyotidagi ikki kishilik ekipajning ikkinchi a’zosi edi.
Ushbu bayonot Eron tomonidan yakshanba kuni (05.04.2026) ertalab Isroil bilan Quvaytga qarshi raketa va insonsiz havo transporti orqali hujum uyushtirilgani hamda Tramp tomonidan bir kun avval Eronga kelishuv uchun 48 soat muhlat berilganini ifoda etishi ortidan qayd etildi.
AQSh kuchlari amaliyot ortidan Erondan chiqib ketdi
Avvalgi xabarlarga ko‘ra AQSh maxsus kuchlari samolyotdan sakragan va aloqa tizimlari orqali bog‘langan ikki ekipaj a’zosini topish uchun Eron hududida bir necha amaliyot o‘tkazgan.
Rasmiylar uchuvchining samolyot qulaganidan bir necha soat o‘tib qutqarilgani, ikkinchi ekipaj a’zosini topish va olib chiqish esa bir kundan ortiq vaqt olganini ma’lum qildi. Rasmiylardan birining qayd etishicha, amaliyot keng ko‘lamli havo yordami bilan qo‘llab - quvvatlangan maxsus komando bo‘linmasini o‘z ichiga olgan.
Juma kungi (03.04.2026) qutqaruv urinishida Eron Inqilobiy gvardiyasi amaliyotda qatnashgan AQShning Black Hawk vertolyotini urib tushirdi. Ekipaj jarohat olgan bo‘lsa - da, vertolyot parvozni davom ettira olgan.
Xabarlarga ko‘ra AQSh Harbiy - havo kuchlariga tegishli samolyotlar Eron kuchlarining halokat joyiga yetib kelishini oldini olish uchun hududga yaqinlashayotgan nishonlarga zarba bergan.
Rasmiylar amaliyotda qatnashgan barcha AQSh xodimlari Eron hududidan chiqib ketganini bildirdi.