Xitoydagi portlashda 12 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda, ayniqsa seshanba kuni nishonlanadigan Yangi yili munosabati bilan keng miqyosda feyerverklar va petardalar portlatiladi.

By
_

Davlat televideniyesi CCTV xabariga ko‘ra Xitoy markazida joylashgan bir feyerverk do‘konida Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayramining ikkinchi kunida yuz bergan portlash 12 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Xitoyda, ayniqsa seshanba kuni nishonlanadigan Yangi yili munosabati bilan keng miqyosda feyerverklar va petardalar portlatiladi.

Poytaxt Pekin hamda ko‘plab yirik shaharlarda so‘nggi yillarda qisman ifloslanish sabab bu bayram taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, shaharchalar va qishloq hududlari bayram paytlarida bir necha kungacha petarda va “raketa” feyerverklarining ovozlari bilan to‘lmoqda.

CCTV mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berishicha, oyning 18 - kuni soat taxminan 14:00 da (06:00 GMT) Xubey viloyatining Chjenji shaharchasidagi feyerverk do‘konida yong‘in va portlash yuz berdi.

“Yong‘in taxminan 50 kvadrat metr maydonni qamrab oldi va hozircha 12 kishining o‘limiga olib keldi” – deydi CCTV telekanali. Qayd etilishicha portlash sababini tekshirish ishlari davom etmoqda.

Yangi yildan buyon to‘rtinchi portlash

Yakshanba kuni Xitoy sharqidagi Tsyansu viloyatida bir feyerverk do‘konida yuz bergan portlashda sakkiz kishi halok bo‘lib, ikki kishi jarohatlangan edi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi voqeadan so‘ng mamlakat bo‘ylab feyerverk korxonalarini nazoratni kuchaytirishga hamda xavfsizlik xatarlari va tahdidlari bo‘yicha “to‘liq tekshiruv” o‘tkazishga chaqirdi.

Vazirlik, shuningdek, sinov otishlari o‘tkazish yoki do‘konlar tashqarisida chekish kabi xavfli faoliyatlardan fuqarolarni ogohlantirdi.

Xitoyda xavfsizlik standartlarining sustligi sabab sanoat avariyalari tez - tez uchrab turadi.