Osiyodagi suv toshqinlari yuzasidan halok bo‘lganlar soni ortdi

Osiyodagi suv toshqinlari yuzasidan halok bo‘lganlar soni ortar ekan, ularga yordam berish va qutqarish ishlarida havo va quruqlik orqali davom etmoqda.

By
_

Rasmiy ma’lumotlar va mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra Osiyoda suv toshqinlaridan ziyon ko‘rgan mamlakatlarda yordam ko‘rsatish va qutqaruv ishlari davom etar ekan halok bo‘lganlar soni 1 438 nafarga yetgan, yuzlab inson esa haligacha bedarak.

Kamdan - kam kuzatilgan darajada suv toshqinlari, yer ko‘chqilari, bo‘ronlar va siklonlar Indoneziya, Malayziya, Shri - Lanka, Hindiston va Tailandda katta yiqimga yo‘l ochdi. Rasmiylar payshanba kuni (04.12.2025) bergan bayonotida, yo‘llar va infratuzilmaga ziyon yetkazgan sellar tufayli izolyatsiyada qolgan aholiga yetib borishda qiynalayotganini bildirdi.

Indoneziyada izolyatsiyada qolgan hududlarga yordamlar havo yo‘li orqali yetkazilar ekan, Shri - Lankaga esa xalqaro gumanitar yordamlarni yetkazib berish ishlari davom etmoqda; qutqaruv jamoalari doimiy ravishda oziq - ovqat, dori - darmon va boshpana bilan ta’minlashga harakat qilmoqda.