Yalovada DEAShga qarshi operatsiya: 6 terrorchi yo‘q qilindi
Yalo’va shahrida o‘tkazilgan terrorizmga qarshi operatsiya davomida kamida olti nafar DEASh terrorchisi yo‘q qilingani xabar qilindi.
Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning ma’lum qilishicha, operatsiya chog‘ida uch nafar xavfsizlik xodimi ham halok bo‘lgan.
Turkiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Yalo’va viloyatida o‘tkazilgan terrorizmga qarshi operatsiyada kamida olti nafar DEASh a’zosi zararsizlantirilgani bildirildi.
Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya dushanba kuni bergan bayonotida, terrorchilar xavfsizlik kuchlariga qarata o‘q uzgani oqibatida uch nafar politsiya xodimi halok bo‘lganini aytdi.
Yerlikaya, “Afsuski, uch nafar qahramon politsiyachimiz shahid bo‘ldi”, deya ta’kidlab, to‘qnashuvda sakkiz nafar politsiya xodimi va bir nafar xavfsizlik xodimi jarohat olganini ma’lum qildi.
Operatsiya Yalo’va hududida faoliyat yuritgan DEASh a’zolarini nishonga olgani hamda Turkiya xavfsizlik kuchlari tomonidan olib borilayotgan terrorizmga qarshi kurash doirasida amalga oshirilgani qayd etildi.