Gruziyada qulagan turk harbiy samolyotida 20 askar shahid bo‘ldi
Ozarbayjondan Turkiyaga yo‘l olayotgan C-130 harbiy yuk samolyoti Ozarbayjon–Gruziya chegarasi yaqinida qulab tushgan.
Turkiya Mudofaa vazirligi seshanba kuni Gruziyada turk harbiy yuk samolyoti qulash oqibatida 20 nafar turk askari shahid bo‘lganini ma’lum qildi.
Vazirlik chorshanba kuni bergan bayonotida shunday dedi:
“Ozarbayjon–Gruziya chegarasida qulagan harbiy yuk samolyotimizning vrakida qidiruv-qutqaruv va halokatni o‘rganish guruhi tomonidan Gruziya rasmiylari bilan hamkorlikda soat 06:30 da ishlar boshlandi.”
Turkiyaga qarashli, bortida 20 nafar harbiy xodim bo‘lgan C-130 harbiy yuk samolyoti, Ozarbayjondan Turkiyaga uchayotganda halokatga uchragan.
Vazirlik halok bo‘lgan 20 askarning ismlarini ham e’lon qildi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’an, seshanba kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze bilan alohida telefon orqali suhbatlashib, davom etayotgan qidiruv-qutqaruv ishlaridagi so‘nggi holatlarni muhokama qildi.
Poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zlagan Prezident Erdo’g’an, shahidlar uchun ta’ziya izhor etdi.
Halokatning sababi hali aniqlanmagan.
Falokatdan so‘ng dunyoning turli mamlakatlari va yetakchilari Turkiyaga hamdardlik va birdamlik xabarlarini yo‘lladi.