Fidan: Tehron norasmiy diplomatik kanallarga ochiq bo‘lishi mumkin
Hakan Fidan, AQSh bilan Eron o‘rtasidagi muzokaralar hozirda to‘xtagani ammo Tehron norasmiy diplomatik kanallarga ochiq bo‘lishi mumkinligiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.
Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, AQSh bilan Eron o‘rtasidagi muzokaralar hozirda to‘xtagani ammo Tehron norasmiy diplomatik kanallarga ochiq bo‘lishi mumkinligiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.
Hakan Fidan mintaqadagi mojaroga oid sharoitlar rasmiy diplomatiyani qiyinlashtirayotganini bildirdi.
Kecha (14.03.2026) Associated Pressga intervyu bergan Fidan, o‘z so‘zida, «Hozirgi sharoitlar diplomatiyaga unchalik ham mos emas», - dedi va eronliklar Vashington bilan yadro masalasi ustidan muzokaralar olib borayotgan bir paytda hujumga uchraganliklari uchun o‘zlarini xiyonatga uchragandek his qilganliklarini ifoda etdi.
Hakan Fidan: «Menimcha, ular, qanqadir orqa - kanal diplomatiyasiga ochiqdir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Tashqi Ishlar vaziri Fidan, mintaqada taranglik avj olgan bir paytda Turkiyaning eng asosiy vazifasi mojarodan chetda qolish ekanini ta’kidladi.
U, shuningdek: «Provokatsiyalardan boxabarmiz ammo maqsadimiz shu. Urushdan chetda qolmoqchimiz», - dedi.
Netanyaxu boshchiligidagi Isroil o‘z kun tartibini belgilab olish uchun dushmanga muhtoj
Hakan Fidan, shuningdek, mintaqadagi Isroil siyosatini tanqid qildi. Bu borada, Isroil, Binyamin Netanyaxu rahbarligida mintaqadagi aktyorlarni har doim tahdid sifatida ko‘rib kelayotganini ifoda etdi.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan: «Netanyahu bor ekan, (Isroil) har doim biror kishini dushman deb ataydi.
Chunki kun tartiblarini belgilab olishlari uchun bunga muhtojlar. Agar Turkiya bo‘lmasa, unda ular mintaqadagi boshqa bir davlatni nishonga oladilar», - dedi.
Fidan, Isroilni xavfsizlikka qaraganda tuproq payida ekaniga e’tibor qaratdi.
«Ular xavfsizlik payida emas, ko‘proq tuproq istamoqda», - degan Fidan: «Shunday ekan, ular bu fikrdan voz kechmaguncha, Yaqin Sharqda urush har doim bo‘laveradi», - dedi.