Isroil Hamas qaytargan jasad tailandlik mahbusga oid ekanini aniqladi
Isroil, Hamasdan qabul qilib olgan jasad qoldiqlari tailandlik qishloq xo‘jaligi ishchisi Sudthisak Rintalakga oid ekanini bildirdi.
Bosh vazirlik tomonidan bugun (04.12.2025) ma’lum qilinishicha Isroil 03.12.2025 kuni Hamasdan qabul qilib olgan jasad qoldiqlari tailandlik qishloq xo‘jaligi ishchisi Sudthisak Rintalakga oid ekanini bildirdi.
Rintalakning jasadi G‘azodan Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tomonidan olib chiqilgach, sud -tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Isroil armiyasiga topshirildi.
Hali hanuz qaytarilmagan oxirgi mahbus hisoblangan isroillik politsiya xodimi Ran Gvilining jasadi (o‘lik yoki tirik holda) haligacha G‘azodadir.
O‘zaro mahbuslar almashinuvining tamomlanishi AQSh Prezidenti Donald Trampning ikki yillik G‘azo urushini to‘xtatishni ko‘zlagan rejasining birinchi bosqichidagi markaziy shartlardan biridir.
Joriy yilning oktabr oyida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida Hamas tirik yoki halok bo‘lgan mahbuslarning hammasini ozod qilishga rozi bo‘lgandi. O‘shandan beri guruh falastinlik qariyb 2 ming nafar mahbus va tutqun evaziga 20 nafar tirik mahbus bilan 27 nafar halok bo‘lgan mahbus jasadini qaytardi. Bu — o‘t ochishni to‘xtatish hali - hanuz zaif davom etayotgan sharoitda bosqichma - bosqich amalga oshirilayotgan almashinuvning bir qismidir.