Xorvatiyada qulagan turk yong‘in o‘chirish samolyoti uchuvchisi shahid bo‘ldi

Xorvatiyada yo‘qolgan Turkiyaning O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasiga tegishli yong‘in o‘chirish samolyotining qoldiqlari topildi va samolyotning uchuvchisi shahid bo‘ldi.

By
Turkiyaga tegishli ikki AT802 yong'in o'chirish samolyoti Xorvatiyada rejalashtirilgan texnik xizmat ko'rsatish uchun Chanoqqal'adan uchib ketdi. [ARXIV]

Turkiyaning Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrahim Yumakli, Xorvatiyada yo‘qolgan Turkiyaning O‘rmon xo‘jaligi Boshqarmasiga tegishli yong‘in o‘chirish samolyotining qoldiqlari topilgani va uchuvchi shahid bo‘lganini ma’lum qildi.

Yumakli mavzu haqida kecha «NSosyal» ijtimoiy tarmog‘i orqali bergan bayonotida: «Radioaloqa uzilgan O‘rmon xo‘jaligi Boshqarmasiga tegishli yong‘in o‘chirish samolyotining qoldiqlari Xorvatiyaning Senj shahri yaqinida topildi. Ushbu fojiali aviaxodisa natijasida shahid bo‘lgan uchuvchimizga Allohdan rahmat, uning oilasi hamda yaqinlariga ta’ziya izhor etib, sabr tilayman», - dedi.

Avvalroq Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi Turkiyaning O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasiga tegishli yong‘in o‘chirish samolyoti bilan radioaloqa uzilganini ma’lum qilgandi.

Vazirlik mavzu haqida bergan bayonotlarida:

«O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasiga tegishli AT802 rusumidagi ikkita yong‘in o‘chirish samolyoti 2025 - yilning 12 - noyabri, chorshanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 10:24 da rejalashtirilgan texnik xizmat uchun Xorvatiyaning Zagreb shahriga uchib ketgandi.

Ob - havo sharoitlari sababli ikkala samolyot ham tunni Xorvatiyaning Rejika aeroportida o‘tkazdi.

2025 - yilning 13 - noyabr, payshanba kuni, Turkiya vaqti bilan soat 17:38 da samolyotlar Zagreb aeroporti tomon parvoz qildi ammo noqulay ob - havo sharoiti yuzasidan ortga qayta boshladi. Xuddi shu paytda samolyotlardan birida Rejika aeroportiga xavfsiz ravishda qaytishga muvaffaq bo‘ldi ammo ikkinchi samolyot bilan soat 18:25 da radioaloqa uzildi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.