Rossiya Asadni ekstraditsiya qilib - qilmaslik haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi

Rossiya, Putin bilan Shara oʻrtasida Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuv ortidan Asadni ekstraditsiya qilib - qilmaslik haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

Rossiya bilan Suriya liderlari Moskvada uchrashdi.

Rossiya, Davlat rahbari Vladimir Putin bilan suriyalik hamkasbi Ahmad Shara oʻrtasida Moskvada boʻlib oʻtgan muzokaralarda Bashar al - Asadni ekstraditsiya qilish masalasi kun tartibidan o‘rin olib - olmagani haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov payshanba kuni (16.10.2025) o‘tkazilgan matbuot anjumanida Asadning Suriyaga ekstraditsiya qilinishi ikki lider o‘rtasida muhokama qilinib - qilinmagani haqidagi savolga, «Asad haqida bu yerda aytadigan gapimiz yo‘q; bu borada aytadigan gapimiz yo‘q», - dedi.

Shara, Putinga, Suriya Rossiya bilan tarixiy va strategik munosabatlarni tiklashga tayyorligi va Moskva bilan Damashq o‘rtasida avval imzolangan barcha kelishuvlarni hurmat qilishini bildirdi.

Sharaning ushbu rasmiy tashrifi, 2024 - yilning dekabr oyida lavozimidan chetlatilgan Asadni qabul qilgan mamlakatga bo‘lgan ilk tashrifi edi.

Putin, Moskva va Damashq oʻrtasidagi munosabatlar har doim toʻliq doʻstona tusda boʻlganini taʼkidlab; oʻtgan oyda Suriyada boʻlib oʻtgan parlament saylovlari katta muvaffaqiyatning ko‘rsatkichi ekani va jamiyatning birlashishiga olib kelishini qayd etdi.

Peskov, shuningdek, Putinning Suriyaga javob tariqasida tashrif uyushtirishi haqida hech qanday so‘z bo‘lmagani biroq bunday takliflar diplomatik kanallar orqali yetkazilishi mumkinligini ifoda etdi.

Peskov Suriyaning O‘rta yer dengizi sohilida joylashgan Tartusdagi harbiy - dengiz bazasi bilan Xmeymimdagi havo bazasi Rossiyaning harbiy bazalarining kelajagi sifatida uchrashuv kun tartibida bo‘lganini ifoda etdi ammo mavzu haqida batarfsil ma’lumot bermadi.

Moskvadagi uchrashuv oldidan Suriya hukumati rasmiylaridan biri Shara, hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Rossiyaga qochgan Asadni ekstraditsiya qilishni so‘rashni rejalashtirayotgani haqida gapirgandi. Moskva ham Damashq ham ikki liderning mamlakatdagi Rossiya harbiy bazalarining kelajagini muhokama qilishlarini bildirgandi.

Uning ishdan bo‘shatilishidan bir kun o‘tib Kreml Asad va uning oilasiga Rossiyadan boshpana berilganini e’lon qilgandi.