Isroilning Haaretz gazetasida 17 - aprel kuni chop etilgan iqror tusidagi intervyuda 34 yoshli sobiq Isroil askari va kompyuter dasturchisi Yuval shunday deydi: “Yaxshi javoblarim yo‘q, hech qanday javobim yo‘q. Qilganlarimni kechirib bo‘lmaydi, hech qanday kafforat yo‘q”.
«Men o‘zimni yirtqichdek (yovuz mavjudot) his qilyapman: IDF askarlari ‘axloqiy jarohat’ va sukut», deb nomlangan ushbu maqola, Isroilning o‘z armiyasini «dunyodagi eng axloqli armiya» sifatida ko‘rsatib kelgan puxta yaratilgan afsonasini parchalab tashlaydi.
Maqolada 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azodagi harbiy harakatlarda xizmat qilib kelgan Isroil bo‘linmalari tomonidan tasodifiy o‘ldirishlar, qiynoqlar, talon - toroj va yashirish holatlari sodir etilgani aytiladi.
Fuqarolik hayotiga qaytishi ortidan, ularning ba’zilari kuchli aybdorlik hissi bilan yashashga majbur bo‘lmoqda.
Biroq Haaretzda keltirilgan va ayrim Isroil askarlarining boshidan kechirgan “axloqiy jarohat” deb ataluvchi holatlar, G‘azoda jabrlangan son - sanoqsiz falastinliklarning qaytarib bo‘lmas fojialari oldida juda kichik ko‘rinadi.
2023 - yilning dekabr oyida Xon Yunusda, Saloh ad - Din yo‘li yaqinida Yuvalning bo‘linmasi dron “shubhali shaxslarni” ko‘rganini aytgach, hujumga o‘tadi.
U “aqldan ozgandek” o‘q uzadi, keyin esa qurolsiz bir keksa erkak va uch yosh bolaning o‘ldirilishiga yordam berganini tushunadi. Ularning jasadlari o‘qdan tilkalangan, ichki a’zolari tashqariga chiqib ketgan edi.
Bo‘linma komandiri keladi. Bir askar jasadlar ustiga tupurib baqiradi: “Isroil bilan gaplashgan har kimning holi shu bo‘ladi...”
Yuval esa shok holatida qotib qoladi, lekin hech narsa demaydi.
U Haaretzga: “Men omadsizman, butunlay qo‘rqoqman,” - deydi.
2023 - yilning oktabr oyidan 2025 - yilning oxirigacha 80 mingdan ortiq Isroil askari psixologik muammolar sabab davolangan.
2025 - yilning oktabriga kelib Isroil armiyasi so‘nggi 18 oy ichida 279 ta o‘z joniga qasd qilishga urinishni qayd etgan, ulardan 36 tasi o‘lim bilan yakunlangan.
Haaretz maqolasi, go‘yoki javobgarchilikdan holi bo‘lgan Isroil askarlari uchun ham “ekkaningni o‘rasan” degan qoida qisman amal qilishini ko‘rsatadi.
Axir ular yashashni, nafas olishni, dori ichishni va terapiya olishni davom ettirayotgan bir paytda, ismi noma’lum falastinlik qurbonlar vayronalar ostida, oddiy dafn marosimisiz qolmoqda.
Harbiy xizmatdan bo‘shab Tel - Avivga qaytgan Yuval begunoh insonlarni o‘ldirishda ishtirok etganini o‘ylab o‘zini “yirtqichdek” his qiladi.
U yuqori texnologiyadagi ishini tashlaydi, kapyushon ichiga berkinadi, oynalarni sindiradi va o‘z joniga qasd qilish fikrlari haqida gapirib berdi:
“Balki qandaydir tarzda o‘lib ketsam, hammasi tugaydi.”
Haaretz bilan suhbatdan ikki kun o‘tib u psixiatriya bo‘limiga yotqiziladi.
Ammo uning qurbonlari — aniqrog‘i, ularning jasadlari — hali ham G‘azo xarobalari ostida yotibdi; Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri bu hududga kamida olti ta “Xirosima darajasidagi” atom bombalariga teng portlovchi modda tashlagan.
Yuvalning ko‘plab qurbonlarining yaqinlari terapiya yoki antidepressantlarga ham ega emas. Ular hamma narsasini yo‘qotib, vaqtinchalik chodirlarda jon saqlamoqda.
Haaretz intervyularining har birida urush jinoyatlariga oid aybdorlik hissi qayta - qayta tilga olinadi.
Maya, zaxiradagi tank qo‘shinida inson resurslari xodimi edi. G‘azo janubidagi boshqaruv markazida besh nafar qurolsiz falastinlik “o‘zboshimcha chiziqni” kesib o‘tgani aytiladi.
Komandir otish buyrug‘ini beradi. Tank pulemyoti ularni o‘qqa tutadi va soniyalar ichida yuzlab o‘q yog‘diradi. To‘rt nafari darhol o‘ladi.
Hududga buldozer kelib, “itlar yemasin va kasallik tarqalmasin” deb ularni ko‘mib tashlaydi.
Kafes ichida qo‘l - oyoqlari bog‘langan tirik qolgan odam ustidan askarlar kulib, uning ustiga siyib tashlaydi.
Maya esa erkak askarlar bilan birga kuladi.
Keyinchalik isroillik tergovchi o‘sha falastinlikning begunoh ekanini tasdiqlaydi. U shunchaki uyiga ketayotgan bo‘lgan.
Ammo bu holat Mayani o‘zini “ikkiyuzlamachi” va “iflos” deb his qilishiga olib keladi. U doimiy ravishda dush qabul qila boshlaydi.
“Men qanday qilib shunchaki qarab turdim? Bu holat men haqimda nima deydi?”
“Bizga nima bo‘ldi?”
Yana bir askar Yehuda qo‘llarini ko‘tarib taslim bo‘lgan qurolsiz falastinlikning ofitser tomonidan otib tashlanganiga guvoh bo‘ladi.
Dron tasvirlari buni qayd etadi. Ba’zi ofitserlar buni “qotillik” deb ataydi, lekin yashirishga qaror qiladi.
Ular buni “terrorchi yo‘q qilindi” deb hisobot beradi. Hech qanday tergov bo‘lmaydi.
Yehuda ham o‘sha paytda jim turish yo‘lini tanlaydi.
Keyinchalik Madridda Prado muzeyida yurar ekan, Goya rasmidagi qurolsiz bir odam tasviri uni afsuslantiradi va kutilmaganda yig‘lay boshlaydi.
“Men qanday qilib chetda qarab turdim, to‘g‘ri ish qilmagan inson bo‘lib qoldim?”
Isroilning Nahal brigadasi snayperlari yordam so‘rayotgan, belgilangan chiziqni kesib o‘tgan falastinliklarni otganlarini tan olishadi.
Snayperlar uchun bu go‘yoki “kompyuter o‘yini” kabi tuyulgan, keyin esa begunoh yuzlar ularning ongini bezovta qila boshlagan.
Bir snayper xizmatdan keyin kechalari siyib qo‘yishi haqida gapirib berdi.
“Sen o‘ldirgan odamlarning yuzini unutolmaysan”.
Boshqalar falastinliklarning uylarini talon - toroj qilgani, suratlarni yoqib ustiga siyib yuborgani va buni oqlaganini aytishadi.
Eytan esa so‘roq xonasida mahbusning qiynoqqa solinishi, simlar orqali azob berilishi va uning “ruhi tanasidan chiqib ketayotgandek” qichqirganini ko‘radi.
“Biz yana nimalarni yashiryapmiz?” - deydi Eytan.
Haaretz tomonidan Guy deb tanishtirilgan yana bir askar 2023 - yildan keyin yuzlab kun zaxirada xizmat qiladi. Tunnellar operatsiyalarida ayrim askarlar hayajonlangan bo‘lsa - da, u buni Holokost aks - sadosi sifatida ko‘radi.
U kuygan go‘shtdan ko‘ngli aynib, vegetarian bo‘lib qoladi.
“Bizga nima bo‘ldi? Men qanday holatga tushib qoldim?”








