Ukraina hujumi oqibatida rossiyalik ikki kishi halok bo‘ldi
Ukrainaning insonsiz havo hujumi oqibatida rossiyalik ikki nafar tinch aholi halok bo‘lgani qayd etildi.
Viloyat gubernatori dushanba kuni bergan bayonotida Ukrainaga tegishli insonsiz havo tranporti hujumi oqibatida Rossiyaning chegara hududi hisoblangan Belgorod viloyatida ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Gubernator Vyacheslav Gladkov Telegram orqali bergan xabarida, tunda amalga oshirilgan hujum Ukrainaning shimolidagi chegaraga yaqin joylashgan Stariy Oskol shaharchasida bir turar joy binosiga borib urilgani, natijada yong‘in kelib chiqqani va bino qisman qulab tushganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida ishlayotgan qutqaruvchilar ikki kishining jasadini topgan.
Qariyb to‘rt yildan buyon davom etayotgan urush davomida Moskvaning deyarli har kuni amalga oshirayotgan bombardimonlariga javoban Ukraina Rossiya hududlariga, asosan energetika sohasini nishonga olgan holda, insonsiz havo transportlarini yubormoqda.
Rossiya esa Ukrainaning elektr va isitish infratuzilmasini nishonga olib, havo harorati –20 °C gacha tushgan bir paytda aholining qorong‘ulik va sovuqqa duchor bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Yakshanba kuni Ukrainaning markaziy qismidagi Dnipropetrovsk viloyatida konchilarni olib ketayotgan avtobusga qarshi uyushtirilgan Rossiya insonsiz havo transporti hujumi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi.