Erdo’g’an va Meloni Yaqin Sharqdagi kuchaygan inqiroz fonida mintaqaviy taranglikni muhokama qildi
Rejep Tayyip Erdo’g’an xalqaro hamjamiyatni diplomatiyani kuchaytirish uchun birgalikda ishlashga chaqirdi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’an va Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni mintaqadagi mavjud mojarolar fonida ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek mintaqaviy va global voqealarni muhokama qilish uchun telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidentligi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.
Juma kuni Erondagi voqealar va ularning mintaqaga ta’siri Anqara tomonidan “yaqindan” kuzatilayotganini bildirgan Erdo’g’an Meloniga tomonlarga beqarorlikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan qadamlardan tiyilish tavsiya etilganini aytdi.
Diplomatiyani kuchaytirish tarafdori ekanini ta’kidlagan turk yetakchisi xalqaro hamjamiyatni shu yo‘nalishda birgalikda ishlashga chaqirdi va mojarolar global xavfsizlikka ham tahdid solishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Turkiya rahbari shuningdek mintaqa va dunyodagi mojarolar ittifoqchi davlatlar o‘rtasida mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik muhimligini yana bir bor ko‘rsatganini aytdi.
Erdo’g’an, ayniqsa savdo bosh bo‘lgan barcha sohalarda Rim bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun Anqara harakat qilayotganini ham ta’kidladi.
Suhbat davomida Meloni esa “asoslab bo‘lmaydigan raketa hujumiga qarshi birdamlik va qo‘llab-quvvatlash bildirdi.
Giorgia Meloni NATO ittifoqchisi Turkiyaga qaratilgan hujumni “asoslab bo‘lmaydigan raketa hujumi” deb atadi. Haftaning boshida Erondan Turkiya havo hududi tomon uchirilgan ballistik raketa esa to‘xtatilgan edi.
“Yaqindan kuzatyapmiz”
Bundan tashqari Meloni juma kuni bergan bayonotida Italiya Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan inqirozni “yaqindan kuzatayotganini” va fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun ittifoqchilar bilan birga ishlayotgan holda diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlayotganini aytdi.
Meloni X (Twitter) platformasidagi bayonotida Italiya hukumati vaziyatni baholar ekan, mintaqadagi hamkorlar va ittifoqchilar bilan doimiy aloqada ekanini ta’kidladi.
Italiya fuqarolarini himoya qilish hukumatning eng ustuvor vazifasi ekanini bildirgan Meloni, shu bilan birga keskinlikni kamaytirishga qaratilgan tashabbuslarni ham qo‘llab-quvvatlayotganlarini aytdi.
Meloni ularning asosiy maqsadi fuqarolarini himoya qilish va muhim hamkorlar bilan birgalikda tomonlar o‘rtasida diplomatiya va muloqotga qaytishni ta’minlay oladigan har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlash ekanini bildirdi.
Italiya bosh vaziri shuningdek rasmiylar inqirozning xavfsizlikdan tortib iqtisodiy oqibatlargacha bo‘lgan kengroq ta’sirlarini ham kuzatayotganini va bu sohalarda barcha ehtimoli yumshatish choralarini ko‘rib chiqayotganini aytdi.
Meloni Parlament bilan erishilgan kelishuvga muvofiq yaqin kunlarda parlamentga borib deputatlarni vaziyat haqida xabardor qilishini ham qo‘shimcha qildi.