Isroil yana Livanga qarshi hujum uyushtirdi
Isroil yana janubiy Livanga qarshi insonsiz havo transportlari orqali hujum uyushtirar ekan, oqibati bir kishi umriga zomin boʻldi.
Livan ommmaviy axborot vositalariga koʻra Isroil yana janubiy Livanga qarshi insonsiz havo transportlari orqali hujum uyushtirar ekan, oqibati bir kishi umriga zomin boʻldi. Bu, oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining navbatdagi buzilishi sifatida qayd etildi.
Davlat axborot agentligi NNA yakshanba kuni (16.11.2025), Tir mintaqasidagi Mansuriy shaharchasida Imom Muso as - Sadr oʻyin maydoni yaqinidan alangalar ko‘tarilgani kuzatilganini xabar qildi.
Xabarga ko‘ra hujumdan avval Isroilga tegishli insonsiz havo transportlari mintaqaning g‘arbiy qismidagi bir necha qishloqlar, xususan Tir tumani atrofida parvoz qilgan.
Isroil armiyasi Hizbulloh a’zolari va uning infratuzilmasini nishonga olganini iddao qilib, Livan hududlariga qarshi deyarli har kuni hujum uyushtirmoqda. Bu holat, Livan janubidagi taranglikning bir necha haftadan beri avj olishiga olib keldi.
Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan va 2024 - yilning sentabr oyida to‘liq hujumga aylangan Livanni nishonga olgan hujumlarida 4,000 nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi va qariyb 17,000 nafar inson tan jarohati oldi.
Otashkesimga ko‘ra Isroil armiyasi bu yil yanvar oyida janubiy Livandan chiqib ketishi kerak edi ammo u faqat qisman chiqib ketdi va beshta chegara postida harbiy o‘rnini davom ettirmoqda.