Rossiya tomonidan Ukrainaning energiya infratuzilmasiga zarba berilgani aytilmoqda

Moskva, Ukrainaning energiya infratuzilmasiga zarba berish orqali mamlakatning urush olib borish salohiyatini zaiflashtirish niyatida ekanini ifoda etmoqda.

By
_

Ukraina armiyasi bilan mahalliy rasmiylar, bugun Rossiya tomonidan o‘nlab insonsiz havo transportlari bilan ballistik va qanotli raketalar orqali ayniqsa energetika infratuzilmasi nishonga olinganini ma’lum qildi.

Kecha uyushtirilgan hujumlar Kiyev va poytaxt atrofini, Qora dengiz bo‘yidagi Odesa port shahrini hamda Ukrainaning markaziy hududlarini nishonga olgani bildirildi. Kiyev viloyatida kamida bir kishi jarohatlangan, besh tumanda ziyon qayd etilgan va o‘ndan ortiq uy shikastlangan. Bu haqda viloyat hokimi Nikolay Kalashnik Telegram orqali ma’lumot bo‘lishdi.

Odesa viloyati hokimi Oleh Kiper ham Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida, hududning energetika infratuzilmasini nishonga olgan tungi insonsiz havo hujumi yong‘inlarga yo‘l ochgani, keyinchalik yong‘inlar o‘chirilganini bildirdi.

Rossiya deyarli har kuni Ukrainaning energetika tizimiga qarshi hujum uyushtirib, issiqlik elektr stansiyalari va elektr transformator podstansiyalarini nishonga olmoqda.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish inshootlari, energiya uzatish tizimi va gaz sektori Rossiyaning 2022 - yilning fevral oyida boshlagan keng ko‘lamli bosqinining asosiy nishonlari qatoriga kiradi. Moskva bu hujumlar orqali Ukrainaning urush olib borish salohiyatini zaiflashtirishni maqsad qilganini ifoda etmoqda.

Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Andrey Sibiha X platformasidagi bayonotida: “Rossiya terror tusidagi ommaviy hujumlar bilan diplomatiyani izdan chiqarishda davom etmoqda”, - dedi.

Sibiha: “Bu terrorni odatiy holga aylantirib bo‘lmaydi; uni to‘xtatish kerak. Dum qanday qilib itni boshqara olmasa, Rossiya ham dunyoni boshqara olmaydi”, - deya xalqaro hamjamiyatni Kremlga nisbatan qat’iy sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.

Rossiya deyarli har kuni Ukrainaning energetika tizimiga qarshi hujum uyushtirib, issiqlik elektr stansiyalari va elektr transformator podstansiyalarini nishonga olmoqda.

Lvovda portlash

Ukraina Milliy politsiyasi mamlakat g‘arbidagi Lvov shahrida yarim tunda bir nechta portlovchi qurilmaning portlashi oqibatida bir nafar politsiya xodimi halok bo‘lgani, 24 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Politsiya Telegram orqali bergan bayonotida: “Dastlabki baholashlarga ko‘ra, qo‘lda yasalgan portlovchi qurilmalar portlagani aniqlangan”, - deyiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi portlash patrul guruhi do‘konga o‘g‘irlikka kirishga urinish haqida kelgan xabar ortidan voqea joyiga yetib kelganidan so‘ng sodir bo‘lgan; ikkinchi portlash esa ko‘p o‘tmay yuz bergan.

Lvov meri Andriy Sadoviy hodisani terrorchilik harakati deb baholadi.