BMT insonparvarlik yordami yetkazib berishdagi qiyinchiliklarga e'tibor qaratdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Oziq - ovqat dasturi (WFP), insonparvarlik yordami yetkazib berishdagi qiyinchiliklarga e'tibor qaratdi.
BMTning Jahon Oziq - ovqat dasturi (WFP) seshanba kuni bergan bayonotida, Yaqin Sharq mojarosi ta'minot zanjirlarida eng katta buzilishlarga yo‘l ochayotgani va agentlikka oid 70 ming tonna oziq - ovqat ham bu vaziyatdan salbiy ta'sir ko‘rayotganini ma'lum qildi.
Ta'minot zanjiri bo‘yicha direktor Corinne Fleischer, Jenevada jurnalistlarga bergan intervyusida: “Biz uchun bu holat COVID - 19 va Ukraina urushi boshlangandan beri duch kelgan eng yirik ta'minot zanjirlaridagi buzilishdir” - dedi.
Fleischer, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bilan aloqali keng ko‘lamli buzilishlar tufayli yetkazib berish ishlari kechikkani yoki portlarda chorasiz qolinganini ifoda etgan holda: “Hozirning o‘zida Yaqin Sharqdagi urush ta'sirida qolgan 70 ming tonna oziq - ovqat bor”, - dedi.
U jarayonning barcha bosqichlariga ta’sir qilayotgan inqiroz haqida gapirib, vaziyatni quyidagicha izohladi: “Kemalarning portlarda chorasiz qolib ketishi, portlarga yaqinlasha olmasligi yoki chiqib keta olmasligi va konteynerlarni boshatish imkoni bo‘lmasligi kabi ko‘plab salbiy ta’sirlari kuzatilmoqda; bu global ta’minot zanjirining deyarli zaiflashishidir”.
Fleischer salbiy ta’sir faqatgina Yaqin Sharq bilan cheklanib qolmayotganini ta’kidlab, yo‘nalishlarning Afrika atrofidan o‘tkazilishi taxminan 25 - 30 kunlik qo‘shimcha yetkazib berish muddatini keltirib chiqarayotgani va xarajatlarni yuk tashish tariflarining 15 - 25 foiziga oshirayotganini bildirdi.
U WFP yuk tashishda ustuvorlik talab qilgani va qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini bildirib, shu yo‘l bilan allaqachon taxminan 1,5 million dollar tejashga erishilganini ifoda etdi.
Shunga qaramay, Fleischer ortib borayotgan gumanitar ehtiyojlar haqida ogohlantirib: “Prognozlarimizga ko‘ra iyun oyiga borib yana 45 million kishi o‘tkir ochlik chegarasiga tushadi,” - dedi. U gumanitar amaliyotlar uchun moliyalashtirish darajasi pastligiga ham e’tibor qaratib: “Ko‘proq ehtiyoj, yuqori xarajatlar va natijada odamlarga yetib bora olmaslik xavfi bor” - deya ogohlantirdi.
Yakunda Fleischer yuqori xarajatlar va majburiy yo‘nalish o‘zgarishlari butun dunyoda oziq - ovqat narxlarining oshishiga olib kelishini aytib, buni “katta tashvish manbai” deb baholadi.