Bangladeshdagi yer silkinishi uch kishi umriga zomin bo‘ldi

Bangladeshda qayd etilgan 5.7 magnitudali yer silkinishi poytaxt Dakkada uch kishi umriga zomin bo‘ldi.

By
_

Politsiya idorasi rasmiylaridan birining ma’lum qilishicha bugun (21.11.2025) Bangladeshda sodir bo‘lgan 5,7 magnitudali yer silkinishi poytaxt Dakkada kamida uch kishi o‘limiga yo‘l ochdi.

Mazkur uch kishi Dakkadagi Bangshal hududida 5 qavatli binoning panjaralari qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan.

Bangshal politsiya bo‘limida xizmat qiluvchi politsiya xodimi Ashish Bo‘se, Anado‘lu (Andolu) axborot agentligiga bergan bayonotida, hodisa oqibatida uch kishi vafot etganini tasdiqladi.

Mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati Dakka va uning atrofida yer silkinishi ziyon yetkazgan 7 ta bino holatini aniqlaganliklari va kamida bir kishi tan jarohati olgani haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Yer silkinishi yoki yer qimirlashi mahalliy vaqt bilan soat 10:38 da (04:38 GMT) yuz berar ekan; Bangladesh Meteorologiya boshqarmasiga ko‘ra voqea markazi poytaxt Dakkadan taxminan 50 kilometr shimoli - sharqda joylashgan Narsingdi tumanida qayd etilgan.

Voqea atigi bir necha soniya davom etishiga qaramay, silkinish sababli Dakkadagi insonlar binolar bilan uylardan tashqariga qarab yugurib, ko‘chalarda xavfsiz joy izlashgan.