Eronning diniy lideri Ali Hamaney AQSh - Isroil hujumlarida o‘ldirildi

Tehron, 1989 - yildan buyon lavozimda bo‘lgan 86 yoshli Hamaneyning vafoti ortidan mamlakatda 40 kunlik motam va yetti kunlik rasmiy ta’til e’lon qildi.

By
_

Eron milliy ommaviy axborot vositalari diniy lider Ali Hamaney, Isroil va AQSh hujumlari oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bayonot ortidan Eron Inqilobiy gvardiyasi qasos olishga chaqirdi.

Davlat televideniyesi 1989 - yildan buyon lavozimda bo‘lgan 86 yoshli Hamaneyning vafoti ortidan mamlakatda 40 kunlik motam va yetti kunlik rasmiy ta’til e’lon qilinganini bildirdi.

Jonli efirda boshlovchi mavzu haqida: «Dini liderning shahidligi bilan uning yo‘li va missiyasi na yo‘qoladi, na unutiladi; aksincha yanada kuchli iroda va jo‘shqinlik bilan davom ettiriladi», - dedi.

Eron Inqilobiy gvardiyasi bayonotida Hamaneyning «qotillari» jazolanishini ta’kidladi. Bayonotda: «Eron xalqining qasosi og‘ir va qat’iy bo‘ladi», - deyildi.

Eron ommaviy axborot vositalari hujumda diniy liderning qizi, kuyovi va nabirasi ham halok bo‘lganini xabar qildi. Fors axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari oila a’zolarining o‘limi voqeadan xabardor manbalar tomonidan tasdiqlanganini bildirdi.

AQSh Prezidenti Donald Trump: «Bu nafaqat Eron xalqi, balki Hamaney va uning guruhi tomonidan o‘ldirilgan yoki nogiron qilingan amerikaliklar hamda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan bo‘lgan insonlar uchun ham adolatdir», - dedi.

Binyamin Netanyaxu esa video murojaatida: «Bugun ertalab amalga oshirgan kuchli va kutilmagan hujumimiz orqali zolim Hamaneyning qarorgohini yo‘q qildik», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hujum yaqin atrofdagilar bilan uchrashuv vaqtida sodir bo‘ldi

AQShlik ikki manba va masaladan xabardor amerikalik rasmiylardan biri bergan ma’lumotga ko‘ra Isroil bilan AQSh tomonidan shanba kuni (28.02.2026) uyushtirilgan hujum, Hamaneyning yuqori lavozimli yordamchilari bilan uchrashuviga mos ravishda rejalashtirilgan.

Isroil Hamaney bilan birga sobiq Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamhoniy hamda Inqilobiy gvardiya qo‘mondoni Muhammed Pakpur ham o‘ldirilganini iddao qildi.

Eronlik ikki manba Reuters agentligiga bergan bayonotida, Hamaney hujumdan biroz avval Shamhoniy va Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy bilan xavfsiz joyda uchrashganini bildirdi.

Yuqori martabali isroillik rasmiy Hamaneyning jasadi topilganiga e’tibor qaratdi.

Tramp Truth Social tarmog‘ida qoldirgan postida, eronlik lider razvedka tomonidan harakatlari aniqlanishi ortidan o‘ldirilganini qayd etdi. Mavzu haqida esa: «U bizning razvedkamiz va nihoyatda rivojlangan kuzatuv tizimlarimizdan qochib qutula olmadi. Biz Isroil bilan yaqin hamkorlik qildik; uning yoki u bilan birga o‘ldirilgan boshqa yetakchilarning hech qanday imkoniyati yo‘q edi», - dedi.

Kim ekani oshkor etilmasligi sharti bilan gapirgan AQSh manbalari, uchrashuv haqidagi ma’lumot tasdiqlangach, havo va dengiz amaliyoti boshlanganini bildirdi.

Amerikalik rasmiylar, kutilmagan omilini saqlab qolish uchun hujum avvalo Hamaneyni nishonga olgani, aks holda uning yashirinib qolishi ehtimoli borligi baholanganini ifoda etdi.

Bir AQSh manbasi uchrashuv dastlab shanba kuni (28.02.2026) oqshomida o‘tkazilishi kutilgani ammo ertalab aniqlangach hujum vaqti oldinga surilganini ma’lum qildi.

Uchrashuv o‘tkazilgan joy aniq ma’lum qilinmadi.

Amaliyotning dastlabki bosqichida Hamaneyning Tehrondagi yuqori xavfsizlikka ega qarorgohi nishonga olingan. Reuters ko‘rib chiqqan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari qarorgoh vayron qilinganini tasdiqladi.