Afg‘onistondagi yer silkinishida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 31 - avgusti kuni Afgʻoniston sharqida 6,0 magnitudali yer silkinishi sodir boʻldi va bu uning tarixidagi eng halokatli yer silkinishlaridan biri sifatida qayd etildi.

_

Sog‘liqni saqlash vazirligi Afg‘oniston shimolida bugun kechasi sodir boʻlgan 6,3 magnitudali yer silkinishi oqibatida kamida 20 kishi halok boʻlgani va taxminan 320 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Vazirlik vakili Sharafat Zaman jurnalistlar bilan oʻrtoqlashgan videomurojaatida, ilk aniqlashlarga ko‘ra Balx va Samangan viloyatlarida taxminan 320 kishi tan jarohati olgani va 20 nafardan ortiq inson halok boʻlganini bildirdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologik xizmati (USGS), yer silkinishi yakshanba kuni (02.11.2025) soat 20:30 atrofida, mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri boʻlgan Mozori - Sharif yaqinida va 28 kilometr (17,4 milya) chuqurlikda sodir boʻlganini xabar qildi.

Germaniya Geologik tadqiqot markazi esa, yuqorida nomi tilga olingan yer silkinishi 6,4 magnitudali ekanini ifoda etdi.

Joriy yilning 31 - avgusti kuni Afgʻoniston sharqida 6,0 magnitudali yer silkinishi sodir boʻldi va bu uning tarixidagi eng halokatli yer silkinishlaridan biri boʻlib, 2200 nafardan ortiq inson umriga zomin boʻldi.

Afgʻoniston, ayniqsa Yevrosiyo va Hind tektonik plitalari tutashgan Hindukush togʻ tizmasi boʻylab qayd etilgan seysmik faollik tufayli kuchli yer silkinishlariga moyildir.

Britaniya Geologiya xizmati seysmologi Brian Baptiening soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonning shimoli - sharqida 1900 - yildan beri 7 magnitudadan oshgan 12 ta yer silkinishi qayd etilgan.