Isroil G‘azoda 71 000 dan ortiq insonni o'ldirganini tan oldi
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi, shu kungacha Isroil hujumlarida qurbonlar soni 71 667ga yetganini tasdiqladi.
Haaretz gazetasining yuqori martabali bir rasmiyga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi, G‘azoning rasmiy raqamlarini qabul qilganlarni "Hamas tarafdorlari" deb atashiga qaramay, Falastin manbalariga asoslangan o‘lim soni taxminlarini ilk bor qabul qildi.
Isroil ishg‘ol kuchlari, Falastinning G‘azo mintaqasidagi Sog‘liqni saqlash vazirligining ikki yildan beri davom etayotgan genotsid davomida taxminan 71 000 falastinlikning o‘ldirilganiga doir qilgan taxminini qabul qildi.
Isroil gazetasi Haaretzning payshanba kungi xabariga ko‘ra, bu, armiyaning avvalroq "ishonchsiz" va "chalg‘ituvchi" deb atagan vazirlik raqamlarini ilk bor tan olishi ma’nosini anglatadi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi, Isroilning 2023-yil 7-oktabrda Falastin aholi punktida boshlagan genotsidi davomida shu kungacha 71 667 o‘limni qayd etdi.
Isroil ishg‘ol kuchlari, bu raqamlarning bedarak yo‘qolgan va ehtimol vayronalar ostida qolgan shaxslarni o‘z ichiga olmasligini bildirdi.
Haaretz gazetasi, "Isroil armiyasi (IDF), Hamas boshqaruvidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining Isroil-G‘azo urushi davomida taxminan 71 000 falastinlikning o‘ldirilgani haqidagi taxminini qabul qildi va bu sonning ehtimol vayronalar ostida qolgan bedarak shaxslarni o‘z ichiga olmasligini bildirdi," dedi.
Gazeta shuningdek, "Vazirlikning hisob-kitobi, faqat Isroil askarlarining ochgan olovi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ldirilganlarni o‘z ichiga oladi, ochlikdan yoki kasalliklardan o‘lganlarni o‘z ichiga olmaydi," dedi.
Xalqaro tashkilotlar va tadqiqotchilar tomonidan o‘rganib chiqilgan ma’lumotlar, keng ko‘lamda ishonchli deb qabul qilinmoqda.
2025-yil iyun oyida chop etilgan bir tadqiqotni ham o‘z ichiga olgan holda ba’zi izlanishlar, haqiqiy o‘lim sonining yanada yuqori bo‘lishi mumkinligini ilgari surib, o‘tgan yilning boshlarida taxminan 200 000 atrofida zo‘ravonlik oqibatidagi o‘lim taxminini ilgari surgan edi.
Mutaxassislar, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarining ehtiyotkorona ekanligini va qattiq qamal tufayli ochlikdan yoki kasalliklardan o‘lganlarni hisobga olmagan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Isroil o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzmoqda
Isroilning G‘azodagi qirg‘ini, aksariyati ayollar va bolalar bo‘lgan 171 000 dan ortiq kishining ham yaralanishiga sabab bo‘ldi.
Isroil ishg‘ol kuchlari, fuqarolik infratuzilmasining 90 foizini yo‘q qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, o‘z uyini tashlab ketgan 1,5 million kishini ham o‘z ichiga olgan, jami 2,4 million falastinlik yashaydigan G‘azoning qayta tiklanishi 7 milliard dollarga tushishini taxmin qilmoqda.
Isroil kuchlari, sulhga qaramay, kelishilgan miqdorlarda oziq-ovqat, dori-darmon va boshpana ashyolarining kirishini cheklashda davom etmoqda.
Kelishuvda kundan-kunga amalga oshirilgan qonunbuzarliklar, yana 488 falastinlikning o‘limiga yo‘l ochdi.
Isroil, xalqaro huquqqa ko‘ra, havo hududi, qirg‘oq chizig‘i va barcha transport kirish-chiqishlarini nazorat ostida tutgani uchun G‘azoda bosqinchi kuch sifatida ta’riflanishda davom etmoqda.
Qayta tiklanishning qiymati, hali Rafahdagi loyihalar uchun bir moliyalashtirish mexanizmini belgilay olmagan donor davlatlar uchun hamon kritik bir muammo.
O‘lim soni 71 000 dan oshib ketar ekan, qamal ostidagi hududda yashayotgan millionlab falastinliklar uchun insonparvarlik vaziyati falokat darajasida qolishda davom etmoqda.