Ivanov: Rossiya Istanbulda Ukraina bilan takror muzoka o‘tkazishga tayyor
Aleksey Ivanov Rossiya Istanbulda Ukraina bilan takror muzoka o‘tkazishga tayyor ekani ammo Ukraina avvalgi tinchlik tashabbuslariga hali hanuz javob bermaganini qayd etdi.
Rossiyaning Turkiyadagi muvaqqat ishlar vakili Aleksey Ivanov, Rossiya Istanbulda Ukraina bilan takror muzoka o‘tkazishga tayyor ekani ammo Kiyev bugungacha qilingan takliflarga hali hanuz javob bermaganini ifoda etdi.
Ivanov Rossiyaning TASS davlat axborot agentligiga bugun bergan bayonotida: «Rossiya tomoni bir necha marta to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini ta’kidladi. Turk hamkorlarimiz ham Istanbul platformasi biz uchun ochiq ekanini har doim aytib keldi», - dedi.
Ivanovning aytishicha, Rossiya bugungacha bir nechta tashabbus bilan chiqdi. Shu qatorda uch marta onlayn ishchi guruhi tuzish taklifini ilgari surdi ammo afsuski, biz haligacha Ukraina tomonidan ijobiy javob ola olmadik«, - deya gapirdi.
Ivanov, Kiyev siyosiy iroda ko‘rsatgudek bo‘lsa uda Moskva muloqotga ochiq qolishini qayd etdi.
Aynan shu vaqtda, Rossiya bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralar bo‘yicha Kiyev delegatsiyasiga rahbarlik qiluvchi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov seshanba kuni (11.11.2025) Istanbulga yetib keldi.
Umerov Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida, tashrifidan maqsad takror mahbuslarni almashish jarayonini boshlatish ekanini qayd etgan holda: «Shu kunlarda Turkiya va Yaqin Sharqda mahbuslarni almashish jarayoni oldidagi to‘siqni olib tashlash uchun ishlayman. Bu kelishuv bor edi va uni yo‘lga qo‘yishimiz lozim», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Rossiya bilan Ukraina bu yil Istanbulda uch marta tinchlik uchun muzokara o‘tkazdi. Unda mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishib olindi. Shuningdek, 2022 - yilning fevral oyida boshlangan urushni to‘xtatishga qaratilgan mas’uliyatlarni bayon qiluvchi memorandumlarni almashishdi.
Moskva siyosiy, harbiy va gumanitar masalalarni hal qilish uchun uchta onlayn ishchi guruhi tuzishni taklif qilgandi ammo lekin shundan beri oldinga siljish sekinlashib qolgandek ko‘rinadi.
Turkiyadan tashqari Birlashgan Arab Amirliklari shuningdek Saudiya Arabistoni va kamroq darajada Qatar ham Rossiya - Ukraina o‘rtasidagi gumanitar almashinuvlarda o‘rtamchilik rolini o‘ynagan.