Zangazur yo‘lagi 5 yil ichida to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqani mustahkamlaydi

Abdulkadir Uralo‘g‘lu, Zangazur yo‘lagi 5 yil ichida to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqani mustahkamlashini qayd etdi.

By
_

Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo‘g‘lu payshanba kuni bergan bayonotida, Zangazur yo‘lagiga oid kelishuv imzolanganini va loyiha to‘rt - besh yil ichida amalga oshirilishi mumkinligini, shunday qilib Turk dunyosiga yanada yuqori quvvatli va to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqani ta’minlashini ma’lum qildi.

24 TVga bergan intervyusida Uralo‘g‘lu, Zangazur yo‘lagini mavjud sharq - g‘arb transport yo‘llarini qo‘shimcha ravishda quvvatni oshiruvchi yo‘nalish sifatida ko‘rish kerakligini ta’kidladi.

Vazir rejalashtirilgan yo‘nalish Turkiyaning sharqidagi Kars shahridan boshlanib, Ig‘dir va Dilujudan o‘tib, Ozarbayjonning Naxchivan hududiga yetishini, taxminan 43 kilometr uzunlikdagi Zangazur yo‘lagidan o‘tib, Ozarbayjonning asosiy yerlariga bog‘lanishini ma’lum qildi.

Uralo‘g‘lu, Ozarbayjon tomonidagi ishlar yakunlanish arafasida ekanligi, Zangazur yo‘lagiga oid kelishuv mavjudligi ammo qurilish hali boshlanmaganini ifoda etdi.

Vazir mavzu haqida shunday dedi: “Turkiya tomonida kelgusi kunlar va oylar ichida ishlarni, inshaalloh, boshlaymiz”.

Uralo‘g‘lu, Naxchivan tomonida 180 kilometrli yo‘nalish mavjudligi, uning bir qismi yaxshilanishi, bir qismi esa yangi qurilishi, Turkiya tomonidagi 224 kilometrli bo‘limning esa qurilishiga allaqachon start berilgani va ishlar davom etayotganiga e’tibor qaratdi.

Transport va infratuzilma vaziri to‘rt - besh yil ichida Zangazur yo‘lagini amalga oshirish orqali aslida Turk dunyosiga yetadigan yuqori quvvatli va to‘g‘ridan - to‘g‘ri koridorni barpo etishlarini ma’lum qildi.

Zangazur yo‘lagi Turkiyani Ozarbayjonning asosiy yerlariga va undan keyin Markaziy Osiyoga to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘laydigan strategik transport yo‘li sifatida ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Xitoy va Yevropani Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi, Janubiy Kavkaz va Turkiya orqali bir - biriga bog‘lovchi savdo yo‘li — kengroq Markaziy koridorning potensial muhim qismi sifatida ham baholanmoqda.

Tugatib bo‘lingach, Naxchivan orqali Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri avtomobil yo‘li bog‘lanishi ta’minlanadi va Gruziya orqali mavjud yo‘nalishlarga qo‘shimcha sifatida mintaqaviy transport quvvati kengaytirilishiga yordam beradi.