Osiyodagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 1700 nafardan oshdi
Misli ko‘rilmagan toshqin, ko‘chki, kuchli shamol va bo‘ronlar Malayziya, Shri - Lanka, Hindiston va Tailandda katta yo‘qotishlarga yo‘l ochdi; eng ko‘p yoki og‘ir ziyon ko‘rgan davlat esa Indoneziya bo‘ldi.
Yakshanba kunidan e’tiboran Osiyo bo‘ylab kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 ming 700 nafardan oshdi, yuzlab inson esa haligacha bedarak yo‘q.
Misli ko‘rilmagan toshqin, ko‘chki, kuchli shamol va bo‘ronlar Malayziya, Shri - Lanka, Hindiston va Tailandda katta yo‘qotishlarga yo‘l ochdi; eng ko‘p yoki og‘ir ziyon ko‘rgan davlat esa Indoneziya bo‘ldi.
Indoneziya Milliy ofatlarni boshqarish agentligining ma’lum qilishicha faqatgina Sumatra orolining o‘zida toshqin va ko‘chkilar yuzasidan 916 kishi halok bo‘lgan, 274 kishi esa bedarak yo‘qolgan. Taxminan 4 ming 200 kishi tan jarohati olgan va qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Vayronalarga yo‘l ochgan suv toshqini va ko‘chkilardan 3,2 million nafardan ortiq inson ziyon ko‘rgan; Shimoliy Sumatra, G‘arbiy Sumatra va Atjeh kabi toshqindan jiddiy ziyon ko‘rgan hududlarda 1 million nafardan ortiq aholi xavfsiz joylarga ko‘chirildi.
Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto mamlakatning mudofaa va tabiiy ofatlarga tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida 2026 - yili 200 tagacha vertolyot xarid qilish rejalashtirilayotganini bildirdi.
Hukumat yuz bergan ofatlarga tez chora ko‘ra olish uchun harbiy transport samolyotlari bilan boshqa barcha mavjud resurslarni safarbar qilish majburiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Shri - Lankada Ofatlarni boshqarish markazi ma’lumotiga ko‘ra 17 - noyabr kuni yuz bergan Ditvah dovuli tufayli halok bo‘lganlar soni 618 nafarga yetdi, 209 kishi esa bedarak yo‘qolgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) juma kuni (06.12.2025) janubiy Tailandda kamida 185 kishi halok bo‘lgani, 367 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berdi. Shuningdek, noqulay ob - havo sharoitlari tufayli Hindistonda 4 kishi, Malayziyada esa 3 kishi halok bo‘lgan.