Erondan Turkiyaga uchirilgan o‘q NATO tomonidan yo‘q qilindi

Erondan Turkiya havo sohasiga qarshi uchirilgan ballistik o‘q, NATOning Sharqiy O‘rta yer dengiziga joylashtirilgan havo va raketa mudofaa vositalari tomonidan yo‘q qilindi.

By
_

Turkiya juma kuni (13.03.2026) bergan bayonotida, Eron tomonidan uchirilgan va mamlakatning havo sohasiga kirgan ballistik o‘qi NATOning Sharqiy O‘rta yer dengiziga joylashtirilgan havo va raketa mudofaa vositalari tomonidan ziyonsiz yoki ta’sirsiz holga keltirilganini ma’lum qildi. Bu holat, bir haftadan sal ko‘proq vaqt ichida yuz bergan uchunchi voqea sifatida qayd etildi.

Vazirlik mavzu haqidagi bayonotida: «Mamlakatimiz hududi va havo sohasiga qarshi uyushtirilgan har qanday tahdidga qarshi kerakli chora - tadbirlar qat’iy ravishda ko‘rilmoqda. Voqea har jihatdan ko‘rib chiqilishi uchun tegishli davlat bilan maslahatlashuvlar olib borilmoqda», - deyildi.

Bayonotda shuningdek: «Milliy xavfsizligimiz asos olingan holda hududdagi barcha voqealar yaqindan nazorat qilinmoqda va baholanmoqdadir», - degan ifodalarga o‘rin berildi.